TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1024 8.08K
#Soʻragan_edingiz

Raqam va -ta: qoʻshib yoziladimi yoki ajratib?

Raqamlarga soʻz va qoʻshimchalar qoʻshib yozilmaydi. Ammo ayrim mualliflar -ta qoʻshimchasini songa qoʻshib yozyapti ekan. Shu haqida fikrimni soʻrashgan edi. Takror boʻlsa-da, bu boradagi baʼzi mulohazalarimni aytib oʻtsam.

Menimcha, raqamlarga -ta qoʻshimchasini biriktirib yozayotganlarning asosi shunday: son soʻz koʻrinishida berilganda qoʻshimchalar soʻz tarkibida boʻladi. Demak, raqam sifatida yozilganda ham qoʻshib yozish kerak. Lekin bu qarash – xato. Nega?

1️⃣ Har qanday imlo qoidasidan maqsad nutqni aniq, tushunarli ifodalash. 15ta, 20ta, 30ta koʻrinishidan koʻra 15 ta, 20 ta, 30 ta shakli oson tushuniladi.

2️⃣ Imlo qoidalarida raqamga qoʻshimchani qoʻshib yozish haqida hech bir qoida yoʻq. Toʻgʻri, ajratib yozish haqida ham hech narsa aytilmagan. Lekin imlo qoidalari ichida -ta qoʻshimchasi qatnashgan misol bor. Unda qoʻshimcha raqamdan ajratib yozilgan. Menimcha, bu ham dalil boʻla oladi.

📌 Demak,

Oʻnta, oʻn beshta, yigirmata, yuzta, mingta, millionta ✅
10 ta, 15 ta, 20 ta, 100 ta, 1 000 ta, 1 000 000 ta ✅

10ta, 15ta, 20ta, 100ta, 1 000ta, 1 000 000ta, 1000ta, 1000000ta ❌

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 🔥 1
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →