TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1198 4.32K
Xorijiy joy nomlari imlosi va erkinlik hissi

Xorijiy joy nomlarini yozishda koʻpincha ruschadan koʻchiramiz-qoʻyamiz. Nega bunday qilayotganimiz, aslida boshqacha yozilishi kerakligi haqida deyarli oʻylab koʻrmaymiz.

Rus tilida qoʻshma soʻz yoki sifatlovchili birikma shaklidagi joy nomlari asliyatda qoʻshib yoki ajratib yozilishidan qatʼi nazar, chiziqcha bilan yoziladi va bu rus tili uchun toʻgʻri. Masalan, rus tilida Oʻrtabuloq toponimi Urta-Bulak shaklida, Mirzo Ulugʻbek tumani nomi Mirzo-Ulugbekskiy rayon shaklida yoziladi. Oʻzbekchada esa qoʻshma soʻzlar va sifatlovchili birikmalar chiziqcha bilan yozilmaydi. Oʻzbek tili uchun juft va takror soʻzlarni chiziqcha bilan yozish xosdir.

Nyu York shahri nomini koʻpincha Nyu-York deb yozamiz. Asliyatda New York, Yangi York shahri degan maʼnoda. Sifatlovchili joy nomlari, masalan, Yangi Margʻilon, Koʻhna Urganch, Katta Qozirabod oʻzbek tilida ajratib yoziladi. Demak, nomi mazmunan oʻxshash boʻlgan Nyu Yorkni ham chiziqchasiz yozish zarur.

Kot dʼIvuar soʻzi fransuzchada République de Côte dʼIvoire shaklida yoziladi. Lekin ruscha variantida chiziqcha orttirilgan. Oʻzbek tilida chiziqcha kerak emas. D harfidan keyin kelgan apostrof belgisi rus tili alifbosida yoʻq. Lekin u yaqinda yozuvdagi yangi belgi turkumiga – noharfiy orfografik belgilar qatoriga kiritilibdi. Oʻzbek tilida ham shu va shunga oʻxshash holatlar imlo qoidalariga kiritilishi kerak.

Rio de Janeyro shahri nomi ham ruschada Rio-de-Janeyro shaklida yoziladi. Oʻzbekchada chiziqchalar mutlaqo ortiqcha. Bu shahar nomi portugalchada Rio de Janeiro shaklida yoziladi va yanvar daryosi maʼnosini beradi.

Mayli, kimlarningdir gʻashiga tegsa ham aytay. Hatto Sankt-Peterburg shahri nomini ham chiziqchasiz yozish kerak. U asli nemischa, dastlabki niderlandcha shakli Sankt Pieter Burch boʻlgan. Maʼnosi – Avliyo Pyotr shahri. Lekin buni qabul qilish oʻta-oʻta qiyin boʻlsa kerak. Mayli, chiziqcha bilan yozishga shu yerda istisno qilish mumkin. Kulkuliy aytmoqchi, bundan ortiqroq sevishni arganizm koʻtarmaydi 😄.

Odamning hayoti, faoliyati, fikrlashi erkin boʻlishi kerak va bu imloda ham aks etishi zarur deb hisoblayman.

Quyida baʼzi xorijiy joy nomlarining solishtirma imlosi berilyapti. Aslida ruschadagidan farqli yozilishi kerak boʻlgan joy nomlari juda koʻp.

👉 Toʻliq oʻqish

@oriftolib | Sahifalarimiz
Wikipedia Уртабулакское газовое месторождение Уртабулакское газовое месторождение , часто упоминаемое как Уртабулак или Урта-Булак (узб. Oʻrtabuloq, Ўртабулоқ), находится на территории Узбекистана. Активная разработка месторождения велась в советские годы.
  • 👍 9
  • 💯 3
More from @oriftolib
  1. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  2. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  3. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  4. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  5. Sep 18, 2026Post #4893
  6. Sep 18, 2026Bunisini eshitganmidinglar? Bunaqa gapni yana aytishning zarari yoʻq, menimcha. Bugungi lo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →