TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #2344 13.3K
​​Charlzmi yo Karl?

Oʻta murakkab iqtisodiy tushunchalarni ham sodda tilga oʻgirib beradigan kanal bor – “Iqtisodchi kundaligi”. Shu kanal muallifi “Buyuk Britaniyaning yangi qiroli nomi oʻzbekchada Charlz shaklida berilishi kerakmi yoki Karl?” degan savolni oʻrtaga tashladi.

Haqiqatan, ruslar toʻliq ismi Charlz Filip Artur Jorj boʻlgan bu shaxsni valiahd shahzodaligida Charlz deb atagan, taxtga oʻtirgandan keyin esa Karl deb atay boshlagan.

Oʻzbekchada xorijiy nomlarni oʻzlashtirish borasida kamchiliklar koʻp. Koʻpincha rus tilidan koʻchirib qoʻya qolamiz. Rus tilida esa oʻzlashmalar imlosi nemis va fransuz tillari taʼsirida shakllangan.

Vikipediyadan solishtirib koʻrdim. Asl inglizcha varianti – Charles III. Qirol boʻlgandan keyin ismida tovush yoki imlo oʻzgarishi boʻlmagan. Turk, qozoq, qirgʻiz, ozar, tatar, moʻgʻul, kurd, urdu, fors, boshnoq, ukrain, dan, fransuz, niderland, shotland kabi tillarda asliga muvofiq yozilgan. Toʻgʻri, oz-moz tovush oʻzgarishlari bor. Lekin Charlzning turli shakllari.

Rus, ispan, portugal, italyan, venger, horvat kabi tillarda Karlning turli shakllari qoʻllangan. Nemis tilida ham Charlz, ham Karl ishlatilgan oʻrinlar bor ekan.

Xoʻsh, oʻzbekchada qanday bergan maʼqul? Men lotin tiliga moslashga asos yoʻq deb hisoblayman va qirolga aylangan shahzoda nomini Charlz shaklida beraverish tarafdoriman. Chunki asliyatdagi imlo va oʻzbekchadagi talaffuz shuni taqozo etadi.

🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 Bermudmi yo Bermuda?
🔹 Islohtalab imlo: yonma-yon undoshlar
🔹 Sifatlovchili oʻzlashma soʻzlar imlosi
🔹 Oʻzbek tili ot qoʻyishdan ojizmi: tilimizning toʻrini egallayotgan chet soʻzlar
🔹 Xorijiy joy nomlari imlosi va erkinlik hissi
🔹 H tovushli oʻzlashma soʻzlar imlosi

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 21
  • 🔥 5
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →