🏛️ HAFTALIK DAYJEST | 13-18 iyul, 2026-yil
Hafta davomida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan quyidagi muhim tadbirlar amalga oshirildi:
🎤 Tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarni mahalliy deb e’tirof etish tartibini takomillashtirishga qaratilgan yangi Nizom loyihasi yuzasidan ochiq muhokama o'tkazildi.
➡️ Agentlik direktori Baxtiyor Xaydarov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga O‘zbekiston metallurgiya kombinati Quyuv-prokatlash majmuasida mahalliylashtirish yo‘nalishidagi ishlar bo‘yicha taqdimot qildi.
🇺🇿🇫🇷 Agentlikda Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD) delegatsiyasi bilan davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🇺🇿🇺🇸 Agentlikda Amerikaning Prestone PFX kompaniyasi hamda “Global Petrochemical Group” MChJ vakillari bilan avtomobil kimyosi mahsulotlarini mahalliylashtirish istiqbollari yuzasidan ishchi uchrashuv o‘tkazildi.
🇺🇿🇨🇳 “Sinoma Wind Power Blade Central Asia” MChJ XK vakillari bilan shamol elektr stansiyalari uchun ehtiyot qismlar va butlovchi mahsulotlarni mahalliylashtirish masalalari muhokama qilindi.
🔗 Samarqand viloyatida transport sohasiga bag‘ishlangan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi muvaffaqiyatli tashkil etilib, mahalliy ishlab chiqaruvchilar, yirik buyurtmachilar va investorlar uchun yangi hamkorlik imkoniyatlari yaratildi.
✍️ Agentlik direktori Baxtiyor Xaydarov “UzHydroPower” zavodiga tashrif buyurib, mahalliylashtirish dasturi doirasidagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi.
🤝 Toshkent shahrida “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining “Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish” kasbi bo‘yicha Respublika final bosqichi ochilish marosimida Kasbiy ta’lim agentligi hamda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi o‘rtasida kasbiy ta’lim va sanoat uchun malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.
✅ Bizni kuzatishda davom eting va Agentlik faoliyatidagi muhim yangiliklardan birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘ling.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #724
470

- 🔥 6
- 👍 4
- 👏 3
- 🤩 1