TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.18K subscribers
Post #694 955
🏛️ Samarqand viloyatida transport sohasiga bag‘ishlangan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasining birinchi kuni yakunlandi.

Ko‘rgazma mahalliy ishlab chiqaruvchilar, yirik davlat buyurtmachilari, tarmoq korxonalari, investorlar va ilmiy tashkilotlarni yagona maydonda birlashtirdi.

Bugungi kunda transport tizimida 12,8 milliard dollarlik 36 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Tahlillarga ko‘ra, ushbu loyihalarda 407,3 million dollarlik mahsulotlarni mahalliylashtirish salohiyati mavjud.


Aynan shu imkoniyatlarni amaliy loyihalarga aylantirish maqsadida ko‘rgazmada transport sohasi uchun mo‘ljallangan minglab mahsulotlar, butlovchi qismlar, innovatsion ishlanmalar va texnologik yechimlar namoyish etildi.

Kun davomida yirik davlat buyurtmachilari o‘zlarining mavjud va istiqboldagi xarid ehtiyojlarini taqdim etdi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar esa o‘z mahsulot va texnologik imkoniyatlarini bevosita buyurtmachilarga namoyish qildi.

✅ Birinchi kun yakunlariga ko‘ra, ko‘rgazma 1200 nafar nafar ishtirokchini jamladi. Davlat xaridlari orqali umumiy qiymati 490 mlrd so’m bo’lgan 4778 ta dastlabki kelishuvlarga erishildi.

#Milliy_sanoat_zanjiri_Samarqand

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👏 4
  • 👍 3
  • 🔥 3
More from @icppa
  1. Oct 13, 2026✅ Tadbirkorlarga 19,6 milliard so‘mdan ortiq zakalat mablag‘lari qaytarildi Prezidentimiz…
  2. Oct 13, 2026📢 Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi mutaxassislarni jalb qilish bo‘yich…
  3. Oct 13, 2026🗣Mutal Burhonov tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya O‘zbe…
  4. Oct 13, 2026🇺🇿 Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi deputa…
  5. Oct 12, 2026#Market_Signal 🔊MARKET SIGNAL | QURILISH YELIMLARI: 29,5 MILLION DOLLARLIK IMPORT BOZORI…
  6. Oct 12, 2026🏛️ Agentlikda sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari bo‘yicha maxsus o‘quv kursi boshl…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →