TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.18K subscribers
Post #705 538
✔️O‘zbekistonda xalqaro standartlarga javob beradigan antifriz ishlab chiqarish imkoniyatlari muhokama qilindi

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida Amerikaning Prestone PFX kompaniyasi hamda “Global Petrochemical Group” MChJ vakillari bilan ishchi uchrashuv o‘tkazildi.

🎤 Uchrashuvda O‘zbekiston hududida xalqaro standartlarga javob beradigan antifriz mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma korxona tashkil etish, texnologiyalar transferini amalga oshirish hamda mahalliylashtirish darajasini oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek, tayyor mahsulotni ichki bozorga yetkazib berish va eksportga yo‘naltirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tahlillarga ko‘ra, O‘zbekistonda antifriz mahsulotlariga bo‘lgan yillik ehtiyoj qariyb 19 ming tonnani tashkil etadi. 2025-yilda mamlakatimizga 12 ming tonnadan ortiq, umumiy qiymati 11,23 million dollar bo‘lgan antifriz mahsulotlari import qilingan. Bu ichki bozorda yuqori sifatli mahsulotlarga barqaror talab mavjudligini hamda mazkur yo‘nalishda mahalliy ishlab chiqarishni tashkil etish uchun yetarli bozor shakllanganini ko‘rsatadi.

PFX Group avtomobillar uchun texnik suyuqliklar, issiqlikni boshqarish tizimlari va maxsus kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Kompaniya tarkibida 17 ta ishlab chiqarish maydoni va 4 ta ilmiy-tadqiqot markazi faoliyat yuritadi, uning mahsulotlari esa 40 dan ortiq mamlakatda taqdim etilgan. Prestone brendi qariyb bir asrlik tarixga ega bo‘lib, antifriz mahsulotlarini ishlab chiqish va takomillashtirish sohasidagi yetakchi xalqaro brendlardan biri hisoblanadi.

“Global Petrochemical Group” MChJ esa 2011-yildan buyon motor moylari, antifriz va avtokimyo mahsulotlarini ishlab chiqarib kelmoqda. Korxonada ishlab chiqarishning barcha texnologik bosqichlari, jumladan, mahsulotlarni qadoqlash uchun polimer idishlar ishlab chiqarish jarayoni ham yo‘lga qo‘yilgan.


Mazkur loyihani amalga oshirish ichki bozor ehtiyojini mahalliy mahsulotlar hisobidan ta’minlash, import o‘rnini bosish, zamonaviy texnologiyalarni jalb etish hamda Markaziy Osiyo bozorlariga eksport salohiyatini oshirish imkonini beradi.

🤝 Uchrashuv yakunida istiqbolli qo‘shma loyihalarni shakllantirish, ularni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish, mas’ul tashkilotlar va ishchi guruhlarni belgilash bo‘yicha keyingi vazifalar muhokama qilindi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👏 6
  • 👍 4
  • 🔥 4
More from @icppa
  1. Oct 13, 2026✅ Tadbirkorlarga 19,6 milliard so‘mdan ortiq zakalat mablag‘lari qaytarildi Prezidentimiz…
  2. Oct 13, 2026📢 Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi mutaxassislarni jalb qilish bo‘yich…
  3. Oct 13, 2026🗣Mutal Burhonov tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya O‘zbe…
  4. Oct 13, 2026🇺🇿 Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi deputa…
  5. Oct 12, 2026#Market_Signal 🔊MARKET SIGNAL | QURILISH YELIMLARI: 29,5 MILLION DOLLARLIK IMPORT BOZORI…
  6. Oct 12, 2026🏛️ Agentlikda sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari bo‘yicha maxsus o‘quv kursi boshl…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →