TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.24K subscribers
Post #719 587
🇺🇿 “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining Respublika final bosqichi boshlandi

Joriy yilning 18–19-iyul kunlari Toshkent shahridagi “Avtotexxizmat” MCHJ bazasida “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining “Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish” kasbi bo‘yicha Respublika final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur final bosqichida respublikaning 14 ta hududidan tashrif buyurgan 70 nafar ishtirokchi o‘zaro kasbiy mahoratini sinovdan o‘tkazmoqda. Tanlov davomida ular avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi amaliy topshiriqlarni bajarib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etadilar.

Tadbirda Kasbiy ta’lim agentligi, Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, “O‘zAvtosanoat” AJ rahbariyati, ekspertlar, OAV vakillari hamda respublikaning turli hududlaridan kelgan tanlov ishtirokchilari qatnashmoqda.

🤝 Tanlovning ochilish marosimi doirasida Kasbiy ta’lim agentligi hamda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi o‘rtasida kasbiy ta’lim va sanoat uchun malakali mutaxassislar tayyorlash yo‘nalishidagi hamkorlik memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.


Ikki kun davomida ishtirokchilar avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amaliy topshiriqlarni bajarib, o‘z kasbiy mahorati, zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalari va amaliy tajribalarini namoyish etadilar.

🏆 Tanlov yakunida eng yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilar g‘olib va sovrindorlar sifatida taqdirlanadi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 5
  • 👏 5
  • 🔥 4
  • 💯 2
  • 🤯 1
More from @icppa
  1. Oct 14, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Семинар-тренинг по подготовке специалистов по локализации производства…
  2. Oct 14, 2026✔️ Mashinasozlik korxonalari uchun yangi hamkorlik imkoniyatlari O‘zbekiston mashinasozlik…
  3. Oct 14, 2026🏛️ Agentlikda Ultradecor Global kompaniyasi vakillari bilan investitsiyaviy hamkorlik mas…
  4. Oct 14, 2026🔴 Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga oid qonun imzolandi O‘zbekiston Respublikasi P…
  5. Oct 14, 2026#Market_Signal 🔊MARKET SIGNAL | Qandolat mahsulotlari bozorida yangi imkoniyatlar Oddiy s…
  6. Oct 14, 2026🇬🇧Xalqaro ekspert O‘zbekistondagi davlat xaridlari islohotlarini e’tirof etdi Bugungi ku…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →