TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.18K subscribers
Post #713 522
⚙️ Mahalliy sanoat salohiyati: “UzHydroPower” faoliyati bilan tanishildi

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori Baxtiyor Xaydarov hamda “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruv raisi Islom Abduraxmonov “UzHydroPower” zavodiga tashrif buyurib, mahalliylashtirish dasturi doirasida yo‘lga qo‘yilgan ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdilar.

Tashrif davomida gidroelektr stansiyalari uchun ishlab chiqarilayotgan turbinalar, generatorlar, gidroagregatlar, metall konstruksiyalar va boshqa muhim uskunalar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari hamda istiqboldagi rivojlanish rejalari muhokama qilindi.

🇺🇿 Bugungi kunda “UzHydroPower” zavodi 24/7 rejimida faoliyat yuritib, quvvati 1 kVt dan 40 MVt gacha bo‘lgan gidroenergetika uskunalarini ishlab chiqarmoqda. Xususan, Norin GES-2 va Norin GES-3 kabi yirik loyihalar uchun zarur uskunalarning mahalliy ishlab chiqarilishi sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish siyosatining amaliy natijasidir.


Mazkur tashrif davomida gidroenergetika sohasida mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda milliy sanoat salohiyatini yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 7
  • 👏 7
  • 🤝 3
  • 🏆 2
More from @icppa
  1. Oct 13, 2026✅ Tadbirkorlarga 19,6 milliard so‘mdan ortiq zakalat mablag‘lari qaytarildi Prezidentimiz…
  2. Oct 13, 2026📢 Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi mutaxassislarni jalb qilish bo‘yich…
  3. Oct 13, 2026🗣Mutal Burhonov tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya O‘zbe…
  4. Oct 13, 2026🇺🇿 Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi deputa…
  5. Oct 12, 2026#Market_Signal 🔊MARKET SIGNAL | QURILISH YELIMLARI: 29,5 MILLION DOLLARLIK IMPORT BOZORI…
  6. Oct 12, 2026🏛️ Agentlikda sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari bo‘yicha maxsus o‘quv kursi boshl…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →