🏛️ HAFTALIK DAYJEST | 7-12 sentabr, 2026-yil
Hafta davomida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan quyidagi muhim tadbirlar amalga oshirildi:
✔️ Davlat xaridlarida ishtirok uchun 17,5 mlrd so‘mga yaqin kredit ajratildi.
🇨🇳Xitoy Xalq Respublikasining Uxan, Chansha va Yichan shaharlarida “5G va sanoat internetining asosiy texnologiyalari hamda ularni qo‘llash” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda.
🏛 Loyiha boshqaruvi bo‘yicha yangi o‘quv dasturi boshlandi.
🏛 Tadbirkorning 1 milliard 14 million so‘m zakalat mablag‘i qaytarildi.
🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining yalpi majlisida davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.
🤝 Hunarmandchilik mahsulotlarini turizm obyektlarida kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
📢Davlat xaridlarida narxlarni aniqlashning yangi tartibi tasdiqlandi.
🏛️ Tog‘-kon sanoati uchun kimyoviy mahsulotlarni mahalliylashtirish: BASF bilan hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.
⚡️Elektrotexnika sanoati vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
🇨🇳Agentlik xodimlari Xitoy Xalq Respublikasining Suzhou shahrida “Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun past balandlik iqtisodiyoti” (Seminar on Low-Altitude Economy for Developing Countries) mavzusida tashkil etilgan xalqaro seminarda ishtirok etmoqda.
🏛️“Yashil iqtisodiyot” texnik ko‘mak dasturi doirasida navbatdagi ishchi uchrashuv o‘tkazildi.
✅ Respublikada ishlab chiqarish tavsiya etiladigan mahsulotlarning yangi ro‘yxati e’lon qilindi.
🏛️ Yirik sanoat loyihalarini boshqarish tajribasi OKMK misolida o‘rganildi.
🌐Jahon banki bilan istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.
✅ 29–30-sentabr kunlari Jizzax shahrida avtomobilsozlik sanoati yo‘nalishidagi “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #1000
519

- 👍 5
- 🔥 3
- 👏 3