O‘zbek musiqa san’ati rivojiga munosib hissa qo‘shgan atoqli kompozitor, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Mustafo Bafoyev tavalludining 80 yilligi munosabati bilan ilmiy-amaliy konferensiya doirasida ilmiy maqolalar tanlovi tashkil etilmoqda.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-iyundagi PF-103-son Farmoniga muvofiq, Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori Baxtiyor Xaydarov O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari ijodiy birlashmasiga hamrahbar etib belgilangan.
Mazkur Farmonda madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini rivojlantirish, ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijodiy birlashmalar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilangan.
Ilmiy maqolalar tanloviga kompozitorning ijodiy merosi, milliy musiqa va maqom an’analari, simfonik va sahna asarlari, zamonaviy kompozitorlik uslublari, ijrochilik hamda pedagogik faoliyatiga oid tadqiqotlar qabul qilinadi.
Tanlovda musiqa va madaniyat sohasi mutaxassislari, tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar, talabalar hamda san’at ixlosmandlari ishtirok etishlari mumkin.
➡️ Maqolalarni qabul qilish muddati: 2026-yil 10-oktabrgacha.
📩 Maqolalarni yuborish: Telegram — @composer_mg
📞 Murojaat uchun: G‘ayratjon Muhammadov, +998 91 411 32 88.
Tanlov natijalari ilmiy-amaliy konferensiyada e’lon qilinadi.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
