TGViewer
O'zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi (Союз композиторов и бастакоров Узбекистана) O'zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi (Союз композиторов и бастакоров Узбекистана) @unionofcomposers · 980 subscribers
Post #8444 494
Mustafo Bafoyev ijodiga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar tanlovini e’lon qilamiz. Tanlov kompozitor, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya doirasida o‘tkaziladi.

Quyidagi mavzulardagi maqolalarni kutamiz:

▫️ Bafoyevning ijodiy merosi va kompozitorlik uslubi;
▫️ uning asarlarida milliy musiqiy tafakkur va an’analar;
▫️ folklor va maqom an’analarining talqini;
▫️ simfonik, vokal-simfonik, opera, balet, kamer-cholg‘u va xor ijodi;
▫️ uning asarlarida zamonaviy kompozitorlik texnikalari;
▫️ Bafoyev ijodining o‘zbek musiqa san’ati rivojidagi o‘rni;
▫️ijodining ijrochilik va pedagogik jihatlari;
▫️ kompozitor ijodiga oid yangi ilmiy qarashlar, tahliliy va tadqiqot materiallari.

Musiqa va madaniyat sohasi mutaxassislari, tadqiqotchilar, o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalarni ishtirok etishga taklif qilamiz. Bafoyev ijodiga qiziqqan boshqa san’at namoyandalari ham tanlovda qatnashishi mumkin.

Maqolalaringizni 2026-yil 10-oktabrgacha Telegram orqali @composer_mg manziliga yuboring. Tanlov natijalari konferensiyada e’lon qilinadi.

Ishtirok etish bo‘yicha savollar bilan G‘ayratjon Muhammadovga murojaat qiling: +998 91 411 32 88

___

Объявляем конкурс научных статей о творчестве Мустафо Бафоева. Он станет частью научно-практической конференции к 80-летию композитора, профессора и заслуженного деятеля искусств Узбекистана.

Ждём работы по следующим темам:

▫️творческое наследие и композиторский стиль Бафоева;
▫️национальное музыкальное мышление и традиции в его произведениях;
▫️интерпретация фольклора и традиций макома;
▫️симфоническое, вокально-симфоническое, оперное, балетное, камерно-инструментальное и хоровое творчество;
▫️современные композиторские техники в его произведениях;
▫️роль творчества Бафоева в развитии узбекского музыкального искусства;
▫️исполнительские и педагогические аспекты его творчества;
▫️новые научные взгляды, аналитические и исследовательские материалы о творчестве композитора.

Приглашаем специалистов в области музыки и культуры, исследователей и преподавателей, докторантов, магистрантов и студентов. Участвовать могут и другие деятели искусства, которым интересно творчество Бафоева.

Присылайте статьи до 10 октября 2026 года в Telegram: @composer_mg. Итоги конкурса объявят на конференции.

По вопросам участия — Гайратжон Мухаммадов: +998 91 411 32 88
  • 👍 2
  • ❤ 1
More from @unionofcomposers
  1. Oct 8, 2026Musiqa ijodkorlari va tadqiqotchilarini birlashtirgan O‘zbekiston kompozitorlari va bastak…
  2. Oct 7, 2026Taniqli oʻzbek musiqashunos olimi, san'atshunoslik fanlari nomzodi, professor Soibjon Begm…
  3. Oct 6, 2026Mutal Burhonov O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi musiqasining muallifi. Kompozitor…
  4. Oct 4, 2026#Mutal_Burhonov_tavalludining_110_yilligi Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi, Oz…
  5. Oct 4, 2026📚 “OTANAZAR MATYOQUBOV VA O'ZBEK MUSIQASHUNOSLIGI” O‘zbek musiqashunosligi, maqomshunosli…
  6. Oct 4, 2026🎼 MUSTAFO BAFOYEV — 80 YOSHDA! O‘zbekiston kompozitorlik san’atining yirik namoyandasi, O…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →