🎼 MUSTAFO BAFOYEV — 80 YOSHDA!
O‘zbekiston kompozitorlik san’atining yirik namoyandasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, professor Mustafo Bafoyev tavalludining 80 yilligi munosabati bilan ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Shu munosabat bilan konferensiya doirasida ilmiy maqolalar tanlovi e’lon qilinadi.
📚 Maqolalar quyidagi yo‘nalishlarda qabul qilinadi:
• Mustafo Bafoyev ijodiy merosi va kompozitorlik uslubi;
• Kompozitor asarlarida milliy musiqiy tafakkur va an’analar;
• Mustafo Bafoyev ijodida folklor va maqom an’analarining talqini;
• Kompozitorning simfonik, vokal-simfonik, opera, balet, kamer-cholg‘u va xor ijodiyoti;
• Mustafo Bafoyev asarlarida zamonaviy kompozitorlik texnikalari;
• Kompozitor ijodining o‘zbek musiqa san’ati rivojidagi o‘rni;
• Mustafo Bafoyev ijodining ijrochilik va pedagogik jihatlari;
• Kompozitor ijodiga oid yangi ilmiy qarashlar, tahliliy va tadqiqot materiallari.
🎓 Maqolalar musiqa san’ati va madaniyati sohasi mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar, talabalar hamda Mustafo Bafoyev ijodiga qiziquvchi ijodkorlardan qabul qilinadi.
📅 Maqolalarni topshirishning oxirgi muddati: 10-oktyabr 2026-yil.
📌 Tanlov yakunlari konferensiya doirasida e’lon qilinadi.
Mustafo Bafoyevning serqirra ijodiy merosini ilmiy jihatdan o‘rganish, targ‘ib etish va kelajak avlodga yetkazishga qaratilgan ushbu ilmiy tashabbusda barcha tadqiqotchi va ijodkorlarni faol ishtirok etishga chorlaymiz.
🎶 Maqolalaringizni kutamiz!
Maqolangizni @composer_mg ga telegram orqali yuboring.
G'ayratjon Muxammadov +998914113288
Post #8440
903

- 👍 3
- 🔥 3
- ❤ 2