TGViewer
Channel Public Channel
O'zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi (Союз композиторов и бастакоров Узбекистана)

O'zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi (Союз композиторов и бастакоров Узбекистана)

@unionofcomposers

Новости Союза композиторов и бастакоров Узбекистана.
Страница www.facebook.com/commus.uz
Сайт www.commus.uz
Subscribers
980
Photos
6.5K
Videos
575
Links
1.9K
Recent Posts 13 shown
Post #8446 216
Musiqa ijodkorlari va tadqiqotchilarini birlashtirgan O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi bilan tanishuvni boshlaymiz.

Biz konsertlar va ijodiy uchrashuvlar o‘tkazamiz, yosh kompozitorlarni qo‘llab-quvvatlaymiz, asarlarni nashr etish va yozib olishga yordam beramiz. Birinchi videoda bu ishlar qanday olib borilishi haqida so‘z yuritamiz.

Keyingi postlarda kompozitorlar hayoti, ularning musiqasi va uyushma arxividagi materiallar bilan tanishasiz.

___

Начинаем знакомство с Союзом композиторов и бастакоров Узбекистана — сообществом авторов и исследователей музыки.

Мы проводим концерты и творческие встречи, поддерживаем молодых композиторов, помогаем издавать и записывать произведения. В первом видео рассказываем, как устроена эта работа.

Дальше — истории композиторов, их музыка и материалы из архива Союза.
  • 👍 7
  • ❤ 4
Post #8445 386
Taniqli oʻzbek musiqashunos olimi, san'atshunoslik fanlari nomzodi, professor Soibjon Begmatov

Ziyolilar minbari
  • ❤ 6
  • 🔥 1
Post #8444 496
Mustafo Bafoyev ijodiga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar tanlovini e’lon qilamiz. Tanlov kompozitor, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya doirasida o‘tkaziladi.

Quyidagi mavzulardagi maqolalarni kutamiz:

▫️ Bafoyevning ijodiy merosi va kompozitorlik uslubi;
▫️ uning asarlarida milliy musiqiy tafakkur va an’analar;
▫️ folklor va maqom an’analarining talqini;
▫️ simfonik, vokal-simfonik, opera, balet, kamer-cholg‘u va xor ijodi;
▫️ uning asarlarida zamonaviy kompozitorlik texnikalari;
▫️ Bafoyev ijodining o‘zbek musiqa san’ati rivojidagi o‘rni;
▫️ijodining ijrochilik va pedagogik jihatlari;
▫️ kompozitor ijodiga oid yangi ilmiy qarashlar, tahliliy va tadqiqot materiallari.

Musiqa va madaniyat sohasi mutaxassislari, tadqiqotchilar, o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalarni ishtirok etishga taklif qilamiz. Bafoyev ijodiga qiziqqan boshqa san’at namoyandalari ham tanlovda qatnashishi mumkin.

Maqolalaringizni 2026-yil 10-oktabrgacha Telegram orqali @composer_mg manziliga yuboring. Tanlov natijalari konferensiyada e’lon qilinadi.

Ishtirok etish bo‘yicha savollar bilan G‘ayratjon Muhammadovga murojaat qiling: +998 91 411 32 88

___

Объявляем конкурс научных статей о творчестве Мустафо Бафоева. Он станет частью научно-практической конференции к 80-летию композитора, профессора и заслуженного деятеля искусств Узбекистана.

Ждём работы по следующим темам:

▫️творческое наследие и композиторский стиль Бафоева;
▫️национальное музыкальное мышление и традиции в его произведениях;
▫️интерпретация фольклора и традиций макома;
▫️симфоническое, вокально-симфоническое, оперное, балетное, камерно-инструментальное и хоровое творчество;
▫️современные композиторские техники в его произведениях;
▫️роль творчества Бафоева в развитии узбекского музыкального искусства;
▫️исполнительские и педагогические аспекты его творчества;
▫️новые научные взгляды, аналитические и исследовательские материалы о творчестве композитора.

Приглашаем специалистов в области музыки и культуры, исследователей и преподавателей, докторантов, магистрантов и студентов. Участвовать могут и другие деятели искусства, которым интересно творчество Бафоева.

Присылайте статьи до 10 октября 2026 года в Telegram: @composer_mg. Итоги конкурса объявят на конференции.

По вопросам участия — Гайратжон Мухаммадов: +998 91 411 32 88
  • 👍 2
  • ❤ 1
Post #8443 467
Mutal Burhonov O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi musiqasining muallifi.

Kompozitor, O‘zbekiston xalq artisti tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyaga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Uni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hamda O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi tashkil etmoqda.

Konferensiya uchun ilmiy maqolalaringizni yuborishga taklif qilamiz. Konferensiya materiallari “Konservatoriya tarixi” ruknida jamoaviy monografiya shaklida nashr etiladi.

Maqolalaringizni 2026-yil 15-oktabrgacha kutamiz.

Ishlaringizni Telegram orqali @Konservatoriya_Ilmiy_uz manziliga yuboring.

Batafsil ma’lumot uchun: +998 90 167 48 76.

___

Муталь Бурханов написал музыку Государственного гимна Республики Узбекистан.

К 110-летию со дня рождения композитора, народного артиста Узбекистана, готовится научно-практическая конференция. Её организуют Министерство культуры Республики Узбекистан, Государственная консерватория Узбекистана и Союз композиторов и бастакоров Узбекистана.

Приглашаем прислать научные статьи для конференции. Её материалы выйдут в коллективной монографии в рубрике «История консерватории».

Ждём статьи до 15 октября 2026 года.

Присылайте работы через Telegram: @Konservatoriya_Ilmiy_uz

Подробности: +998 90 167 48 76
  • ❤ 2
  • 👍 1
Post #8442 1.16K
#Mutal_Burhonov_tavalludining_110_yilligi

Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi, Ozbekiston davlat konservatoriyasi va Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi Oʻzbekiston xalq artisti, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining musiqa muallifi, atoqli kompozitor MUTAL BURHONOV tavalludining 110 yilligiga bag’ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilishini e’lon qiladi.

Konferensiya materiallari “Konservatoriya tarixi” rukni ostidagi jamoaviy monografiyada nashr etiladi.

Maqolalar joriy yilning 15 oktyabriga qadar quyidagi telegramm raqami orqali qabul qilinadi:
+998 90 167 48 76
@Konservatoriya_Ilmiy_uz

@unionofcomposers
  • ❤ 2
Post #8441 810
📚 “OTANAZAR MATYOQUBOV VA O'ZBEK MUSIQASHUNOSLIGI”


O‘zbek musiqashunosligi, maqomshunoslik va milliy musiqa merosini ilmiy tadqiq etishda o‘ziga xos maktab yaratgan, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi,san'atshunoslik fanlari nomzodi, professor - Otanazar Matyoqubovning ilmiy merosi bugungi tadqiqotchilar uchun ham muhim manba va ilmiy izlanishlar maydonidir.

Shu munosabat bilan Otanazar Matyoqubovning ilmiy merosi, ilmiy qarashlari, pedagogik faoliyati va zamondoshlari xotirasidagi siymosiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.

📌 Konferensiya 3 ta sho‘badan iborat:

I sho‘ba
Otanazar Matyoqubovning ilmiy merosi va uning talqinlari

II sho‘ba
Muallif so‘zi va ilmiy vorislik

III sho‘ba
Ustoz va inson zamondoshlar nigohida

🎓 Barcha musiqashunoslar, tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalarni ilmiy maqolalari bilan ishtirok etishga taklif qilamiz.

📅 Maqolalarni topshirish muddati: 8-oktyabrgacha.

Maqolangizni  @Konservatoriya_Ilmiy_uz telegram manziliga yo'llang.

Baxtiyor Ashurov +998901674876
  • 👍 3
  • ❤ 1
Post #8440 896
🎼 MUSTAFO BAFOYEV — 80 YOSHDA!


O‘zbekiston kompozitorlik san’atining yirik namoyandasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, professor Mustafo Bafoyev tavalludining 80 yilligi munosabati bilan ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.


Shu munosabat bilan konferensiya doirasida ilmiy maqolalar tanlovi e’lon qilinadi.


📚 Maqolalar quyidagi yo‘nalishlarda qabul qilinadi:
• Mustafo Bafoyev ijodiy merosi va kompozitorlik uslubi;
• Kompozitor asarlarida milliy musiqiy tafakkur va an’analar;
• Mustafo Bafoyev ijodida folklor va maqom an’analarining talqini;
• Kompozitorning simfonik, vokal-simfonik, opera, balet, kamer-cholg‘u va xor ijodiyoti;
• Mustafo Bafoyev asarlarida zamonaviy kompozitorlik texnikalari;
• Kompozitor ijodining o‘zbek musiqa san’ati rivojidagi o‘rni;
• Mustafo Bafoyev ijodining ijrochilik va pedagogik jihatlari;
• Kompozitor ijodiga oid yangi ilmiy qarashlar, tahliliy va tadqiqot materiallari.


🎓 Maqolalar musiqa san’ati va madaniyati sohasi mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar, talabalar hamda Mustafo Bafoyev ijodiga qiziquvchi ijodkorlardan qabul qilinadi.


📅 Maqolalarni topshirishning oxirgi muddati: 10-oktyabr 2026-yil.


📌 Tanlov yakunlari konferensiya doirasida e’lon qilinadi.


Mustafo Bafoyevning serqirra ijodiy merosini ilmiy jihatdan o‘rganish, targ‘ib etish va kelajak avlodga yetkazishga qaratilgan ushbu ilmiy tashabbusda barcha tadqiqotchi va ijodkorlarni faol ishtirok etishga chorlaymiz.

🎶 Maqolalaringizni kutamiz!

Maqolangizni @composer_mg ga telegram orqali yuboring.

G'ayratjon Muxammadov +998914113288
  • 👍 3
  • 🔥 3
  • ❤ 2
Post #8439 430
#xotira_Dilorom_Omonullayeva

Bugun, B.Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti rektori, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, kompozitor, professor Avaz Maqsudovich Mansurov boshchiliklarida Oʻzbekiston Respublikasi san’at arbobi, atoqli kompozitor, professor DILOROM OMONULLAYEVA tavallud sanasi munosabati bilan ustoz san’atkorning qabrlari ziyorat qilindi. Marosim davomuda Dilorom Davranovnaning hamkasblari, doʻstlari, qarindoshlari va shogirdlari oʻz xotiralari bilan oʻrtoqlashdilar.

Betakror ijod sohibasining Oʻzbekiston musiqa san’atida tutgan alohida oʻrni, yosh kadrlarni yetishib chiqishida qoʻshgan hissalari, insoniylik qirralari yodga olindi.

Dilorom Omonullayeva endi oʻz ijodi, kuylari va qoʻshiqlari bilan qalbimizda hayot.

@unionofcomposers
  • ❤ 4
  • 👏 4
  • 👍 2
Post #8438 437
#xotira_Dilorom_Omonullayeva

Бугун Ўзбекистон Республикаси санъат арбоби, профессор, таниқли композитор, устоз санъаткор Дилором Омонуллаева таваллудига 67 йил тўлди.

@unionofcomposers
  • ❤ 4
Post #8436 349
#etirof

1-oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan bir guruh ijodkorlar va pedagoglar qatorida Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a’zolari, San’atshunoslik fanlari nomzodi, professor, musiqashunos olim BOTIR MATYOQUBOV, kompozitor, “Yoshlar” estrada guruhi xonandasi DILSHOD QURBONOV, san’atshunoslik boʻyicha falsafa doktori (PhD) TATYANA SEDIX Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirligining “Madaniyat va san’at fidokori” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandilar.

Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi mukofot sohiblarini e’tibor va e’tirof bilan muborakbod etib kelgusi ishlari va ijodlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

MUKOFOT MUBORAK BOʻLSIN, YUTUQLAR BARDAVOM BOʻLSIN!!!

🇺🇿@unionofcomposers
Post #8434 347
#Bayram_muborak

Xalqaro musiqa kuni muborak boʻlsin aziz vatandoshlar

@unionofcomposers
  • 🔥 4
  • ❤ 3
Post #8433 312
#bayram_muborak

Jahonda boʻlmasa muallim agar,
Hayot ham boʻlmasdi aziz bu qadar.
💐💐💐

BAYRAM MUBORAK BOʻLSIN AZIZ VA MUHTARAM USTOZLAR!!!

С ПРАЗДНИКОМ ВАС ДОРОГИЕ НАШИ НАСТАВНИКИ!!!


@unionofcomposers
  • ❤ 1
Post #8429 386
#hududlarda_tadbirlar_Toshkent_viloyati
#ijodiy_uchrashuv_S_Begmatov_va_N_Xolxoʻjayeva

Joriy yilning 30 sentyabr kuni Toshkent viloyati Parkent tumani 29-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida O'zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a’zolari, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, san’atshunoslik fanlari nomzosi, Yu.Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa san’ati instituti professori, musiqashumos olim SOIBJON BEGMATOV va Turon fanlari xalqaro akademiyasi akademigi, bastakor NIGORA XOLXOʻJAYEVAlar bilan ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtdi. Tadbirda musiqa san’ati, milliy va umuminsoniy qadriyatlar haqida soʻz yuritildi, oʻquvchilar tomonidan musiqiy asarlar ijro etildi va maxsus adabiyotlar maktab kutubxonasiga taqdim etildi.

@unionofcomposers
Older posts →

About this channel

How can I read @unionofcomposers without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for O'zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi (Союз композиторов и бастакоров Узбекистана): recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does O'zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi (Союз композиторов и бастакоров Узбекистана) have?
O'zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi (Союз композиторов и бастакоров Узбекистана) (@unionofcomposers) has 980 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does O'zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi (Союз композиторов и бастакоров Узбекистана) know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →