#xotira_Dilorom_Omonullayeva
Bugun, B.Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti rektori, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, kompozitor, professor Avaz Maqsudovich Mansurov boshchiliklarida Oʻzbekiston Respublikasi san’at arbobi, atoqli kompozitor, professor DILOROM OMONULLAYEVA tavallud sanasi munosabati bilan ustoz san’atkorning qabrlari ziyorat qilindi. Marosim davomuda Dilorom Davranovnaning hamkasblari, doʻstlari, qarindoshlari va shogirdlari oʻz xotiralari bilan oʻrtoqlashdilar.
Betakror ijod sohibasining Oʻzbekiston musiqa san’atida tutgan alohida oʻrni, yosh kadrlarni yetishib chiqishida qoʻshgan hissalari, insoniylik qirralari yodga olindi.
Dilorom Omonullayeva endi oʻz ijodi, kuylari va qoʻshiqlari bilan qalbimizda hayot.
@unionofcomposers
Post #8439
434