📍 Toshkent shahrida joylashgan, 2013-yildan buyon sanoat korxonalariga suyuq moylash mahsulotlari yetkazib berish bilan shug‘ullanib kelayotgan “Chilon Lubricants” MChJ vakillari Agentlikka murojaat qildi.
Murojaatning asosiy mazmuni — Elektron kooperatsiya portali orqali tuzilgan 14 ta shartnoma bo‘yicha 529 million so‘m miqdoridagi zakalat mablag‘larini qaytarish masalasiga oid edi.
✅ Agentlik mutaxassislari tomonidan murojaat o‘rganilib, masalani hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi. Natijada korxonaning 14 ta shartnoma bo‘yicha jami 529 million so‘mlik zakalat mablag‘lari qaytarilishi ta’minlandi.
Agar siz ham davlat xaridlarida ishtirok etish jarayonida zakalat mablag‘larini qaytarish bilan bog‘liq muammo yoki kechikishlarga duch kelayotgan bo‘lsangiz, Agentlikka murojaat qilishingiz mumkin.
Kelib tushgan murojaatlar mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, shartnoma majburiyatlarini bajargan tadbirkorlarning zakalat mablag‘larini qaytarish bilan bog‘liq masalalarini hal etishda amaliy ko‘mak ko‘rsatiladi.
☎️Murojaat uchun: @Icppa_aloqa_bot
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin