🏛️ Yirik buyurtmachilar bilan yangi kooperatsiya imkoniyati: “Milliy sanoat zanjiri” Jizzaxda
Mahsulotingizni avtomobilsozlik sanoatining yirik korxonalariga taklif qilmoqchimisiz? Yoki ushbu tarmoq uchun yangi mahsulot va butlovchi qismlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtiryapsizmi?
29–30-sentabr kunlari Jizzax shahrida avtomobilsozlik sanoati yo‘nalishidagi “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
“Milliy sanoat zanjiri” — mahalliy ishlab chiqaruvchilarni yirik buyurtmachilar bilan bevosita bog‘lash, ularning real xarid ehtiyojlarini tadbirkorlarga yetkazish va yangi kooperatsiya loyihalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi amaliy platforma.
📈 Oldingi ko‘rgazmalar buning amaliy natijasini ko‘rsatdi.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida qayd etilganidek, ushbu ko‘rgazmalar doirasida 4 trillion so‘mlik kooperatsiya buyurtmalari xususiy sektorga berildi. Shuningdek, 650 dan ziyod mahsulotni mahalliylashtirish orqali tadbirkorlar uchun qo‘shimcha 1 milliard dollarlik bozor yaratish imkoniyati shakllandi.
Endi navbat — avtomobilsozlik sanoatiga.
Jizzaxdagi ko‘rgazma mahalliy ishlab chiqaruvchilarga o‘z mahsulot va texnologik imkoniyatlarini namoyish etish, yirik sanoat korxonalari bilan bevosita muloqot qilish, ularning mavjud va istiqboldagi ehtiyojlarini o‘rganish hamda yangi kooperatsiya loyihalarini shakllantirish uchun maydon yaratadi.
🗓️ 29–30-sentabr, 2026-yil;
📍Jizzax shahri, “Olimpiya zaxiralari kolleji” binosi.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #999
3.85K

- 👍 4
- 🔥 4
- 👏 2