TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.11K subscribers
Post #1201 766
🏅Sanoat rivojiga munosib hissa qo‘shganlar maxsus ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-oktabrdagi 545-son qarori bilan “Sanoat rivojiga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni ta’sis etildi.

Mazkur qaror mamlakatimizda sanoatni rivojlantirish, ishlab chiqarishga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, eksport salohiyatini oshirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga munosib hissa qo‘shayotgan soha vakillarining mehnatini rag‘batlantirishga qaratilgan.

➡️Ko‘krak nishoni bilan kimlar taqdirlanadi?
Mamlakatimizda sanoatni rivojlantirish, ishlab chiqarishga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, yetuk mutaxassislarni tayyorlash hamda ijtimoiy faoliyati bilan namuna ko‘rsatish yo‘nalishlarida fidokorona mehnat qilib, yuqori natijalarga erishgan:
🟢mahalliy va xorijiy investorlar;
🟢tadbirkorlar;
🟢sanoat korxonalari rahbarlari va xodimlari;
🟢sohaning yetuk mutaxassislari taqdirlanishi mumkin.

Shuningdek, ko‘krak nishoni bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.

☑️ Taqdirlash tartibi qanday?
Nomzodlar bo‘yicha takliflar har yili 10-mayga qadar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etiladi.

🇺🇿Nomzodlar tegishli komissiya tomonidan ko‘rib chiqilib, munosib deb topilgan shaxslar ro‘yxati tasdiqlanadi.
Ko‘krak nishoni har yili 27-iyun — Xalqaro sanoat xodimlari kuni arafasida tantanali ravishda topshiriladi.

Ushbu tashabbus sanoat korxonalarida samarali mehnat qilayotgan mutaxassislar, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va investorlarning mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasini e’tirof etishga xizmat qiladi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 🔥 5
  • 👍 3
  • 👏 2
More from @icppa
  1. Oct 10, 2026🏛️ HAFTALIK DAYJEST 5- 10 oktabr, 2026-yil Hafta davomida Sanoat kooperatsiyasi va davlat…
  2. Oct 10, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari sohasidagi islohotlar xususid…
  3. Oct 9, 2026💬 Murojaat yechim topdi: 529 mln so‘mlik zakalat mablag‘lari qaytarildi 📍 Toshkent shahr…
  4. Oct 9, 2026🗣Market Signal: 43,4 million dollarlik import – mahalliy ishlab chiqarish uchun imkoniyat…
  5. Oct 9, 2026✔️Mustafo Bafoyev tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya: ilmi…
  6. Oct 9, 2026❗Davlat xaridlarida “Xarid rejalari” moduli: undan qanday foydalaniladi? Davlat buyurtmach…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →