TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.12K subscribers
Post #965 743
🤝 Hunarmandchilik mahsulotlarini turizm obyektlarida kengaytirish masalalari muhokama qilindi

8-sentabr kuni Toshkent shahar hokimligida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, Turizm qo‘mitasi, “Hunarmand” uyushmasi vakillari hamda hunarmandlar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda oflayn va videokonferensaloqa orqali jami 170 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Uchrashuvda hunarmandchilik mahsulotlarini turizm obyektlari, yirik buyurtmachilar va davlat xaridlariga kengroq olib kirish, ularga barqaror talab yaratish hamda eksport imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, hunarmandlarning turizm obyektlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlashi, xomashyo va sotuv bozori, yirik buyurtmalarni bajarish, mahsulotlarni qadoqlash va brendlash bilan bog‘liq muammo va takliflari tinglandi.

Qayd etilganidek, hunarmandchilik nafaqat milliy an’ana va qadriyatlarni asrab-avaylash, balki yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish hamda mahalliy mahsulotlarning ichki va tashqi bozordagi ulushini kengaytirish imkonini beradigan muhim iqtisodiy yo‘nalishdir.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 6
  • 🔥 2
  • 👏 2
More from @icppa
  1. Oct 10, 2026🏛️ HAFTALIK DAYJEST 5- 10 oktabr, 2026-yil Hafta davomida Sanoat kooperatsiyasi va davlat…
  2. Oct 10, 2026🏅Sanoat rivojiga munosib hissa qo‘shganlar maxsus ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi O‘zb…
  3. Oct 10, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari sohasidagi islohotlar xususid…
  4. Oct 9, 2026💬 Murojaat yechim topdi: 529 mln so‘mlik zakalat mablag‘lari qaytarildi 📍 Toshkent shahr…
  5. Oct 9, 2026🗣Market Signal: 43,4 million dollarlik import – mahalliy ishlab chiqarish uchun imkoniyat…
  6. Oct 9, 2026✔️Mustafo Bafoyev tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya: ilmi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →