🌐Jahon banki bilan istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi
11-sentyabr kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi mutaxassislari Jahon bankining O‘zbekistondagi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda davlat xaridlari va sanoat kooperatsiyasi sohalariga ilg‘or xalqaro tajribani joriy etish, tizimlarni institutsional va raqamli jihatdan rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Xususan, davlat xaridlari sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini xalqaro standartlar asosida muntazam oshirib borish, xalqaro almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda ilg‘or xorijiy professional tayyorgarlik modellarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, tomonlar:
⏹️davlat xaridlari qonunchiligini takomillashtirish;
⏹️xarid jarayonlarining shaffofligi va samaradorligini oshirish;
⏹️sohani raqamlashtirish va zamonaviy raqamli yechimlarni keng joriy etish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.
🏭Uchrashuvning yana bir muhim yo‘nalishi ilm-fan, innovatsiya va sanoat integratsiyasi bo‘ldi. Ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish, ularni tijoratlashtirish mexanizmlarini takomillashtirish hamda sanoatda amaliy qiymat yaratayotgan innovatsiyalar ulushini oshirish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish masalalari muhokama qilindi.
🤝 Uchrashuv yakunida mazkur yo‘nalishlarda Agentlik va Jahon banki o‘rtasidagi istiqbolli hamkorlik imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #997
554


- 👍 5
- 🔥 4
- ❤ 2
- 👏 1