TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.11K subscribers
Post #961 666
🏛 Loyiha boshqaruvi bo‘yicha yangi o‘quv dasturi boshlandi

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi KPMG hamda Toshkent shahridagi Management Development Institute of Singapore (MDIS) bilan hamkorlikda “Professional boshqaruv dasturi” doirasida loyiha boshqaruvi bo‘yicha o‘quv-trening kurslarini boshladi.

📚 Jami 130 akademik soatga mo‘ljallangan dastur 7-sentabrdan boshlab ikki hafta davomida oflayn shaklda tashkil etiladi. Mashg‘ulotlarga KPMGning xalqaro va mahalliy amaliyotchi ekspertlari, shuningdek, MDIS Toshkent professor-o‘qituvchilari jalb qilingan.

Dasturda loyihalarni boshqarishning zamonaviy usullari, strategik rejalashtirish, liderlik, moliyaviy va operatsion boshqaruv, samaradorlikni oshirish hamda investitsiya loyihalarini boshqarish bo‘yicha nazariy bilimlar real keyslar va amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtiriladi.


🏭 O‘quv jarayonining amaliy qismini kuchaytirish maqsadida ishtirokchilarning “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ hamda boshqa yirik investitsiya loyihalariga tashriflari ham ko‘zda tutilgan. Bu orqali ular ishlab chiqarish va yirik loyihalarni boshqarish jarayonlari bilan bevosita tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bugungi kunda mamlakatimizda sanoat, infratuzilma va investitsiya loyihalari ko‘lami kengayib borayotgani zamonaviy bilimga ega muhandislar va professional loyiha boshqaruvi mutaxassislariga bo‘lgan talabni oshirmoqda.

Shu jihatdan, mazkur dastur nafaqat bilim va tajriba almashish, balki ishtirokchi tashkilotlardagi mavjud amaliyot va muammolarni ekspertlar bilan birgalikda muhokama qilish, olingan tajribani real loyihalarda qo‘llash imkonini beradi.

✅ Asosiy maqsad — sanoat, mahalliylashtirish va investitsiya loyihalarini zamonaviy boshqaruv yondashuvlari asosida samarali amalga oshira oladigan malakali loyiha boshqaruvi mutaxassislari salohiyatini oshirish.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 🔥 7
  • 👍 5
  • 👏 2
More from @icppa
  1. Oct 10, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari sohasidagi islohotlar xususid…
  2. Oct 9, 2026💬 Murojaat yechim topdi: 529 mln so‘mlik zakalat mablag‘lari qaytarildi 📍 Toshkent shahr…
  3. Oct 9, 2026🗣Market Signal: 43,4 million dollarlik import – mahalliy ishlab chiqarish uchun imkoniyat…
  4. Oct 9, 2026✔️Mustafo Bafoyev tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya: ilmi…
  5. Oct 9, 2026❗Davlat xaridlarida “Xarid rejalari” moduli: undan qanday foydalaniladi? Davlat buyurtmach…
  6. Oct 8, 2026☑️ Davlat xaridlarida o‘rtacha bozor hamda boshlang‘ich narxini qanday shakllantirish mumk…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →