TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.11K subscribers
Post #992 592
Yirik sanoat loyihalarini boshqarish tajribasi OKMK misolida o‘rganildi

11-sentyabr kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan KPMG bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Professional boshqaruv dasturi” doirasida tinglovchilar uchun Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga amaliy tashrif tashkil etildi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — dastur davomida olingan nazariy bilimlarni yirik sanoat korxonasidagi real ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish, shuningdek, yirik investitsiya loyihalarini boshqarish va mahalliy kontentni oshirish orqali qo‘shilgan qiymat yaratish tajribasini o‘rganishdan iborat.

⏹️ Tashrif davomida ishtirokchilar OKMKning konchilik faoliyati va ishlab chiqarish jarayonlari, amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, mahalliy mahsulot va xizmatlardan foydalanishni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish hamda ishlab chiqarishda qo‘shilgan qiymatni oshirishga qaratilgan yondashuvlar muhokama qilindi.

📍 Amaliy tashrif tinglovchilarga zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini bevosita yirik sanoat korxonasi misolida o‘rganish, mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha amaliy bilimlarini mustahkamlash imkonini berdi.

🤝 “Professional boshqaruv dasturi” doirasidagi bunday amaliy mashg‘ulotlar nazariy bilimlarni real ishlab chiqarish tajribasi bilan bog‘lashga xizmat qiladi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 5
  • 🔥 5
  • 👏 3
More from @icppa
  1. Oct 10, 2026🏛️ HAFTALIK DAYJEST 5- 10 oktabr, 2026-yil Hafta davomida Sanoat kooperatsiyasi va davlat…
  2. Oct 10, 2026🏅Sanoat rivojiga munosib hissa qo‘shganlar maxsus ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi O‘zb…
  3. Oct 10, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari sohasidagi islohotlar xususid…
  4. Oct 9, 2026💬 Murojaat yechim topdi: 529 mln so‘mlik zakalat mablag‘lari qaytarildi 📍 Toshkent shahr…
  5. Oct 9, 2026🗣Market Signal: 43,4 million dollarlik import – mahalliy ishlab chiqarish uchun imkoniyat…
  6. Oct 9, 2026✔️Mustafo Bafoyev tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya: ilmi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →