✔️ Davlat xaridlarida ishtirok uchun 17,5 mlrd so‘mga yaqin kredit ajratildi
Tadbirkorlarning davlat xaridlarida ishtirokini yengillashtirish maqsadida Elektron kooperatsiya portali hamda Garant bank hamkorligida zakalat mablag‘larini moliyalashtirish mexanizmi yo‘lga qo‘yilgan edi.
✅2026-yil 4-sentabr holatiga ushbu imkoniyatdan 150 ta tadbirkorlik subyekti foydalanib, ularga jami 201 ta kredit ajratildi. Ajratilgan kreditlarning umumiy qiymati qariyb 17,5 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Mazkur kredit mahsuloti tadbirkorlarga davlat xaridlarida ishtirok etish uchun talab etiladigan zakalat mablag‘ini o‘z aylanma mablag‘laridan ajratmasdan moliyalashtirish imkonini bermoqda.
➡️ Shu kunga qadar mazkur mexanizm doirasida 100 mln so‘mgacha bir martalik foizsiz kredit olish imkoniyati mavjud edi.
✍️ Endilikda tadbirkorlar uchun ushbu imkoniyat yanada kengaytirilib, kreditning eng yuqori miqdorini 300 mln so‘mgacha oshirish rejalashtirilmoqda.
Bu, ayniqsa, yirikroq hajmdagi davlat xaridlarida ishtirok etish uchun ko‘proq zakalat mablag‘i talab etiladigan tadbirkorlarga qo‘shimcha moliyaviy imkoniyat yaratadi.
➡️Davlat xaridida ishtirok etmoqchisiz, ammo zakalat uchun aylanma mablag‘ingizni band qilishni istamaysizmi? Mazkur kredit mexanizmi orqali zarur mablag‘ni moliyalashtirish imkoniyati mavjud.
🤥 new.cooperation.uz
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #957
1.06K

- 👍 3
- 🔥 3
- 👏 2