🔊 Tadbirkorlar uchun yangi moliyaviy imkoniyat!
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari sohasida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning savdolardagi ishtirokini kengaytirish maqsadida Elektron kooperatsiya portali hamda Garant Bank hamkorligida onlayn kredit xizmati yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur xizmat orqali tadbirkorlar savdolarida ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan zakalat, komissiya va boshqa to‘lovlarni moliyalashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
➡️ Xususan:
✔️ 500 ming so‘mdan 100 million so‘mgacha kredit;
✔️ Birinchi foydalanishda 30 kungacha foizsiz davr;
✔️ Garov talab etilmaydi;
✔️Hech qanday ortiqcha to‘lovlarsiz;
✔️ Komissiya va zakalat to‘lovlarni kredit hisobidan amalga oshirish imkoniyati.
📲 Xizmatdan foydalanish tartibi:
➡️ Elektron kooperatsiya portalidagi “Kredit olish” bo‘limiga o‘ting;
➡️ Kerakli xizmatni tanlang;
➡️ So‘rov yuboring;
✅ Mablag‘ kredit hamyoningizga o‘tkaziladi.
Mazkur loyiha tadbirkorlarning aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini qoplash, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning savdolardagi faolligini oshirish hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🤥 new.cooperation.uz
✉️ info@uzrtm.uz
Post #532
1.72K