Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida davlat xaridlarida zakalat mablag‘larini qaytarish jarayonini avtomatlashtirish bo‘yicha topshiriq berilgan edi.
Mazkur yo‘nalishda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligiga zakalat mablag‘ini qaytarishda muammoga duch kelgan tadbirkorlarning murojaatlari o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.
Navbatdagi murojaatlardan biri “Mateko” MChJga tegishli. Korxonaning davlat xaridlarida ishtirok etish jarayonida kiritilgan va qaytarilishi kutilayotgan 1 milliard 14 million so‘m zakalat mablag‘i qaytarilishiga amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.
Korxona rahbari Sunatilla Xayrullayevning ta’kidlashicha, ushbu mablag‘ning band bo‘lib turishi yangi davlat xaridlari va loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlarini cheklab kelgan. Mablag‘ qaytarilgach, korxona uni yana aylanmaga yo‘naltirib, yangi savdolarda faol qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
📍Davlat xaridlarida zakalat mablag‘larini qaytarish bilan bog‘liq muammo yoki kechikishga duch kelayotgan tadbirkorlar Agentlikka murojaat qilishlari mumkin.
Kelib tushgan murojaatlar mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, masalalarni hal etish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatiladi.
☎️Murojaat uchun: @Icppa_aloqa_bot
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin