TGViewer
Channel ✦ Verified Channel
Abdusattor

Abdusattor

@abdusattor

Shaxsiy rivojlanishga oid maqsadli kanal

✉️ Takliflar uchun: @AbdusattorFD_bot

Maqsad Club: @maqsadobuna
Subscribers
59K
Photos
156
Videos
17
Links
90
Recent Posts 18 shown
Post #301 13.2K
Yanvarda mashina buzildi. Martda qarindoshning to‘yi bo‘ldi. Aprelda tish davolatishga to‘g‘ri keldi. Iyunda ish uchun texnikalar oldim. Sentabrda bolalarga maktab xarajatlari chiqdi. Kecha yaqinda yo’l qoidasini buzganim uchun yaxshigina jarima to’ladim. Mana oktabr keldi va meni oldinda yana 3 ta to'y kutib turibdi.

Bu xarajatlarning ko‘pini bo’lishidan oldin oylik budjetimga qo‘shmaganman. Ba’zilarini oldindan bilish ham mumkin edi. Lekin oylik budjetimda ularga joy ajratmaganman.

Har safar “bu oy shunaqa bo‘lib qoldi, keyingi oy xarajat kamroq bo‘ladi” deb o‘ylaganman. Endi qarasam, deyarli har oy “o’sha oyga xos” qandaydir xarajat chiqibdi. Biri tugasa, boshqasi boshlangan.

Tadqiqotlarga ko‘ra, odamlar oziq-ovqat yoki ijara kabi doimiy xarajatlariga qancha pul ketishini aniq hisoblaydi. Lekin kutilmagan xarajatlarni umuman esdan chiqarar ekan. Bunaqa xarajatlarga “bir martalik” deb qaraganimiz uchun keyingi oy rejasiga qo‘shmaymiz.

Eng qizig’i pul yig’ish va investitsiyani ham keyingi “xarajatsiz oyga” surib kelamiz. Lekin kutilmagan xarjatsiz oyning o’zi bo’lmaydi.

Shaxsan o‘zim ham investitsiya uchun pul ajratmoqchi bo‘lib, uzoq vaqt buni kechiktirib kelganman. Faqat Imanum’da investitsiyani avtoto‘lovga ulab qo‘yganimdan keyin uni ham oylik budjetimning bir qismiga qo’shganman.

Oldin “oy oxirida pul ortsa, investitsiya qilaman” derdim. Hozir investitsiya uchun qancha ajratishni oldindan bilaman va qolgan xarajatlarimni shunga qarab rejalashtiraman. Xarajatlar tugagani yo’q lekin har oylik investitsiya odatga aylandi.
  • 🏆 459
Post #300 17K
🦇Batman Python’da kod yozishni biladi

Ben Afflek intervyusida Python’da kichik skriptlar yozishi, neyron tarmoqlar tasvir bilan qanday ishlashi va Google hamda OpenAI’ning video texnologiyalariga qiziqishi haqida gapiryapti.

Man ba’zi insonlardan “Men ijod odamiman, texnik ishlar men uchun emas”, degan gaplar eshitaman. Yoki masalan “Men fotografman, video olmayman”, “Men professional videografman, telefonda mobilograf video oladi”, “Men operatorman, montajni montajchi qiladi” degan gaplar.

To’g’ri bitta yo‘nalishda kuchli mutaxassis bo‘lish yaxshi. Lekin “bu mening ishim emas” degan gap ba’zan o‘zimizga kelayotgan rizqni cheklaydi.

Masalan, kichik biznes egasiga mahsuloti haqida 5 ta qisqa video kerak. U sizga murojaat qildi. Siz “Men faqat videoga olaman. Ssenariy uchun boshqa odam toping, montajni birovga qildirasiz”, dedingiz. Endi u bitta ish uchun uchta odam topishi va har biriga vazifani tushuntirishi kerak.

Boshqa mutaxassis bo’lsa shu videolarni g‘oyasidan tortib tayyor holatigacha qilib bera oladi. Siz faqat o‘zingiz bajaradigan vazifani o‘ylayotgan paytda, boshqa mutaxassis mijozning muamosiga tayyor yechim taklif qilyapti.

Mijoz uchun sizning kasbingiz qanaqaligi muhimmas, uning muammosini hal qilishingiz muhim.

Albatta, kino yoki katta media loyihalarda talab boshqacha. Alohida operator, ovoz rejissori, chiroqchi, montajchi va kolorist kerak bo’ladi. Bu holatda ishni bir kishiga yuklab bo’lmaydi.

Lekin kundalik, sodda ijtimoiy tarmoq kontentini yaratishda bir nechta vazifani bajara oladigan “universal askar”ning ustunligi bor.

Ayniqsa sohada yangi bo’lsangiz, bitta yo‘nalishda kuchli bo‘lib, unga bog’liq qo’shimcha ko‘nikmalarni ham shakllantiring. Operator bo’lib montajni tushunsangiz, videoga olish paytida qaysi kadrlar kerakligini yaxshiroq bilasiz. Fotograf bo’lib videoga olishni ham bilsangiz, mijozga ko‘proq yechim taklif qila olasiz. Umuman olganda imkoniyatingiz kengayadi.
  • 🏆 377
Post #298 22K
Bir hafta oldin IMAN Invest Holding Toshkentda birinchi Priority Office’ini ochdi.

Shu munosobat bilan do’stlarimizni tabriklayman va ishlariga yanada rivoj tilayman. Bu ofis mijozlarga yanada qulay va xalqaro standartlarda xizmat ko’rsatish maqsadida ochildi.

Siz Imanum ilovasi orqali barcha moliyaviy xizmatlardan online foydalansangiz endi ushbu ofisga kelib yuzma-yuz istalagan savolingizga javob ololasiz.

Masalan, bu yerda investitsiya hajmi $10,000 dollar va undan yuqori bo‘lgan mijozlar uchun alohida va premium darajadagi servis taqdim etiladi.

Yoki mutaxassisdan maslahat olish bilan birga investitsiya shartnomalarini shaxsan imzolash va kassa orqali naqd pulda operatsiyalarni amalga oshirish sharoiti ham yaratiladi.

Jamoa bilan tanishish, maslahat olish va investitsiya uchun manashu manzilga borishingiz mumkin:

Toshkent sh., Mirzo Ulugʻbek tumani Xirmontepa koʻchasi 41-uy (sobiq Nikitina koʻchasi)

Ish vaqti: 09:00–18:00
☎️: 55 588 55 55
  • 🏆 304
Post #296 23.4K
Bu AQShning Yuta shtatidagi AI data markazi. U o'zidan kuniga 23 ta atom bombasi energiyasiga teng issiqlik chiqarishi kutilmoqda.

Ya'ni loyiha to‘liq quvvatda ishlasa, ma’lumotlar markazi va unga elektr yetkazadigan gaz stansiyasi birgalikda shuncha issiqlik chiqarishi mumkin. Bu portlash yoki radiatsiya degani emas energiya birdaniga emas, kun davomida issiqlik tarqatadi. Taxminan hisoblasak bu energiya bilan 22 mln. xonadonni to'liq energiya bilan ta'minlash mumkin. Bu O'zbekistondagi xonadonlar sonidan deyarli 3 barobar ko'p degani.

Biz faqat AI bilan ekran orqali muloqot qilamiz lekin uning ortidagi minglab serverlar, elektr stansiyalari va tinimsiz ishlaydigan sovitish tizimlarini ko'rmaymiz.

Shunchaki AI'ga salom deb yozamiz. Rasm yaratamiz. Videoni qayta-qayta generatsiya qilamiz. Natija bir necha soniyada kelgani uchun unga ketgan jismoniy resurslarni sezmaymiz. Aslida bu texnologiya ortida juda katta sanoat yaratilyapti.
  • 🏆 700
Post #295 25.6K
Tasavvur qiling, sinfdoshlaringiz bilan uchrashdingiz. Biri otasining biznesini oyoqqa qo’yib, yaxshi mashina haydayapti. Biri o’qishni bitirib, hali bir joyga o’rnasha olmagan. Yana birini faqat Instagramdan kuzatasiz va uning hayoti sizga noreal tuyuladi.

20-25 yoshda sizdan ancha oldindagini ham, ancha orqadagini ham topish mumkin. Lekin miyamiz negadir faqat oldindagilarni ko’radi. Psixologiyada bu “yuqoriga qarab solishtirish” deyiladi. Ya’ni inson o’zini doim o’zidan yaxshiroq yashayotganlar bilan o’lchaydi va natijada “man orqada qoldim” degan xulosaga keladi. Biz bu haqida oldin ham gaplashganmiz.

Yaqinda manashu mavzuda marketolog Abdulhamidning inshosini o’qib qoldim. U tengdoshlarida bir narsani payqagan. Ular pulni emas, natijaga bo’lgan umidni yo’qotgan. Xarakatlari oylik xarajatlarini yopishga qaratilgandek.

O’zi esa maktab paytini eslaydi. Aynan shu do'stlari bilan ertalab 4:00 da turib, qo'ylarning suvini berib, 5:00 da nonushta qilib, 6:00 dagi repetitorga ulgurishga harakat qilishgan

Uning xulosasi manga yoqdi. Nima ekanini essening o’zidan o’qishingizni tavsiya qilaman.

O'qish uchun: Kutilmalar haqida
  • 🏆 370
Post #294 38.4K
Instagramda bir video ko‘rib qoldim. Unda 19–20 yoshli bolalar kasb tanlash haqida gaplashyapti.

Ularning aytishicha, ota-ona sen uchun kasb tanlamasin. Ularga o‘zing xohlaydigan kasbni aytib, “tezroq ularni xafa qil”. Shunda ular ishinga qarshi bo‘lmas ekan.

Umuman olganda, 19–20 yoshli odam ota-onasiga nimani xohlayotganini ayta olishi kerak. Lekin faqat ota-ona xohlagani uchun kasb yomon bo‘lib qolmaydi. Yoki farzand xohlagani uchun ham u to‘g‘ri tanlovga aylanmaydi.

Mani o‘ylantirgan joyi “tezroq xafa qil” degan maslahat bo’ldi. Go‘yoki bu gap ota-onani xafa qilishni maqsadga aylantirayotgandek. Ya’ni bir-birimizni tushunaylik, avval nimadadir mas’uliyat olib qo’limdan nima kelishini ko’rsatay debmas, men o‘z gapimni o‘tkazishim kerak degan fikr aytilyapti. Va bu umuman to’g’rimas.

Ota-ona har doim o’sha kasb ortidagi barqarorlik, tajriba va jamiyatdagi foyda va xavfni o‘ylaydi. Yigirma yoshli bola bo’lsa ko’proq qiziqishlari, qobiliyati va butun umr shu ish bilan shug‘ullanishini tushunadi. Ikkalasida ham qaror uchun kerakli sabab bo’ladi. Ikkalasi ham adashishi yoki haq bo’lishi mumkin.

Yoki bunga teskari holat ham bor. Ota-onam xohlagani uchun shu o’qishga, ishga kirganman deydiganlar. O’zingchi, mas’uliyat olmaganmisan hayotinga deb so’rasangiz hech qanday javob olmaysiz.

Ota-onadan nimadir uchun ishonch talab qilishdan oldin, inson hayotda biror bir mas’uliyatni yelkasiga olib ko’rgan bo’lishi kerak.

“Bu mening hayotim” deyish oson. Lekin o‘sha hayotdagi qarorlarning oqibatini ko‘tarish qiyin. Bugun oddiy va’dangizda turolmasangiz, ota-onangiz sizning besh yillik rejangizga nega ishonishi kerak? Fikringizni to’g’ri yetkazib berolmasangiz ular nega ishonishi kerak?

Hayotda qaror qabul qilish kuchiga ega bo‘lish uchun ota-ona bilan urushish shartmas. Ota-onangiz sizga ishonmayaptimi demak katta hayotda jamiyat ishonchini qozonishni o’ylamasangiz ham bo’ladi.

*Albatta hayotda turli ota-onalar, turli farzandlar va turli holatlar bor. Bu post aynan qaysidir holatlar haqidamas umumiy xulosa sifatida yozilgan.
  • 🏆 850
Post #293 39.4K
YouTube’ga qo‘yilgan oxirgi videoyimiz 100K’dan oshibdi.

Shu videoda haqiqiy boylik qurishda murakkab foizning o‘rni va uning qanday ishlashini tushuntirib bergandim. Lekin kommentlarda “Foiz bo‘lsa, qanday qilib halol bo‘ladi? degan savollar ham bo‘ldi. Shu joyiga ozgina aniqlik kiritmoqchiman.

Masalan, videoda aytganimdek, Imanum’ga 10 mln so‘m sarmoya qildingiz va bir yilda undan 2 mln so‘m daromad oldingiz, deylik.

Agar o‘sha 2 mlnni ishlatmasdan, yana sarmoyaga qo‘shsangiz, keyingi safar daromad faqat birinchi 10 mln emas, jami 12 mln asosida shakllanadi. Ya’ni vaqt o’tganidan keyin pulingizdan kelgan daromad ham siz uchun daromad bera boshlaydi.

Murakkab foiz deganda shu mexanizm nazarda tutiladi.

Foiz so‘zi borligi uchun uni avtomatik ravishda ribo bilan xil deb tushunish to‘g‘rimas.

Undan tashqari Imanum ham qat’iy belgilangan daromadni va’da qilmaydi. U Islomiy moliya tamoyillari asosida savdodan yillik 18–24% oralig‘ida daromad olish mumkinligini aytadi.

Man o‘zim investitsiya uchun Imanum’dan foydalanganim sababli videoda ham murakkab foiz o‘sishini shu misolda tushuntirganman.
  • 🏆 433
Post #292 36.5K
Nega kimdir oyiga $500, kimdir $5 000, yana kimdir $10 000 topadi?

Buni aql desak, aqlli bo‘lmagan boylar bor. Ta’lim desak, oliy ma’lumotsiz ham katta daromad qilayotganlar bor. Tinimsiz mehnat desak, kun bo‘yi jismoniy mehnat qilib, baribir kam daromad qiladigan millionlab odamlarni ko’rishimiz mumkin. Bu yerda qayerda va qaysi oilada tug‘ilganimiz kabi bizga bog‘liq bo‘lmagan omillar ta’sir qiladi. Lekin biz o‘zgartira oladigan taraflari ham yetarlicha.

Yangi YouTube videomizda shu kabi savollarga javob izladik.

Insonning daromadi qanday shakllanadi, bozorda qaysi ko‘nikmalar qimmat turadi va o‘zimiz ta’sir qila oladigan omillar orqali moliyaviy holatimizni qanday yaxshilash mumkinligini ham tahlil qildik.

Ko‘rishingizni tavsiya qilaman.

📹: https://youtu.be/ZR-cskvRUnQ?si=8RbkjuV6dZ2vYcB5
  • 🏆 511
Post #290 44.3K
AI’ni ishlatib ko‘rish bilan uni ish quroliga aylantirish orasida katta masofa bor.

ChatGPT’ga matn yozdirolasiz, lekin har kuni ikki soatingizni olayotgan ishni u bilan qanday yengillashtirishni bilmasligingiz mumkin. AI’da video yasash oson. Lekin shu imkoniyatni mijoz chaqiradigan va daromad keltiradigan xizmatga aylantirish boshqa masala.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) ma’lumotlariga ko’ra AI’dan foydalanadigan korxonalar ulushi 2024-yildagi 14,2 foizdan 2025-yilda 20,2 foizga oshgan. O‘sish sezilarli, lekin bu hali har beshta korxonadan taxminan bittasi degani.

Siz ijtimoiy tarmoqlarda AI haqidagi kontentni ko‘p ko‘rib, hamma allaqachon undan foydalanyapti deb o’ylaysiz. Lentangizda bir mavzu ko‘payishi butun bozor shunaqa degani emas. Ya’ni AI bilan orqali o’z xizmatingizni bizneslarga taklif qilishga hali kech emas demoqchiman.

Bu uchun o‘zingiz biladigan sohadan boshlashingiz mumkin. O‘sha ishda yillar davomida orttirgan tajribangiz qayerga AI kerakligini, qayerda esa oddiyroq yechim yetarli ekanini ko‘rishga yordam beradi.

Faqat daromadni AI haqidagi bilimning o‘zi kafolatlamaydi. Siz yaratgan yechim kimningdir ishiga qanchalik foyda berishi muhim.
  • 🏆 463
Post #289 44.3K
Raqamli San’at Ijodiy Birlashmasi tashkil etildi. Loyihaning rejalari va asosiy yo'nalishlarini ko'rib mazza qildim. Manga judayam yoqdi.

Sizlardan kamdan-kam biror bir kanalga obuna bo'lishingizni so'rayman. Lekin bu loyihaga obuna bo'lmasangiz bo'lmaydi.

Loyiha haqida to'liq ma'lumotni loyihaning rasmiy Telegram kanalida olishingiz mumkin.

@raqamlisanat
  • 🏆 276
Post #288 46.9K
Man tarixni juda zo‘r bilaman deb aytolmayman. Lekin tarixga doim qiziqqanman.

Tilimiz, xarakterimiz, madaniyatimiz, hatto ayrim odatlarimiz ham bizdan oldin yashagan minglab ajlodlar qoldirgan iz ekanligini tushunaman.

Bolaligimizdan ko‘plab xorijiy qahramonlarni obraz sifatida taniymiz. Ularning kiyimi, xarakteri, janglari, hatto gapirish uslubigacha ko‘z oldimizda.

O‘zimizning tariximizda ham qahramonlar, voqealar va hikoyalar bundan kam emas.

Shu sabab man doim o‘z tariximizni ham zamonaviy vizual tilda ko‘rishni xohlardim.

Bugun Raqamli San’at Ijodiy Birlashmasi Erkin Vohidovning “O‘zbegim” qasidasini zamonaviy vizual vositalar va sun’iy intellekt yordamida qayta talqin qilibdi.

Manimcha, bu o‘z tariximizni yangi avlodga zamonaviy tilda yetkazish yo‘lidagi qiziq tajribalardan biri.

Ko‘rishingizni tavsiya qilaman.

🎞: https://youtu.be/f_fJpTnWIMQ?si=8CJxxvPN16OavJik
  • 🏆 282
Post #287 37.8K
Avtomatik jamg‘arish nega ishlaydi?

Har oy o‘zingizga “bu safar albatta pul ajrataman” deysiz. Lekin oy oxiriga kelib reja ko‘pincha amalga oshmay qoladi. Agar pul kartangizdan avtomatik ravishda jamg‘armaga o‘tib tursa, natija butunlay boshqacha bo‘ladi.

Bu faqat iroda emas, tizim masalasi ekanini ko‘rsatadi.

AQShda o‘tkazilgan bir tadqiqotda kompaniya xodimlari pensiya jamg‘armasiga qo‘shilish uchun o‘zlari ro‘yxatdan o‘tishi kerak bo‘lgan. Hech narsa qilmasa, jamg‘arma ham boshlanmasdi. Natijada xodimlarning atigi 37 %i dasturda qatnashgan.

Keyin tizimni o‘zgartirishgan. Yangi xodim ishga kirishi bilan avtomatik ravishda jamg‘arma dasturiga qo‘shilgan, xohlamasa esa keyin o‘zi chiqib ketishi mumkin bo‘lgan.

Natijada jamg‘armada qatnashuvchilar soni 37 %dan 86 %gacha oshgan.

Ya’ni odamlar har doim jamg‘arishni xohlamagani uchun emas, ko‘pincha uni boshlashni kechiktirgani uchun ham pul yig‘olmaydi. Yaxshi tizim esa har safar o‘zingizni majburlash zaruratini kamaytiradi.

Imanum aynan shu muammoni avtomatlashtirishga yordam beradi. Masalan, qancha pulni kunlik yoki oylik jamg‘armaga ajratishni oldindan belgilab qo‘ysangiz, ilova shu summani avtomatik ravishda kartangizdan jamg‘armangizga o‘tkazib boradi.

Shaxsan men ham avtoinvestitsiya funksiyasidan foydalanaman. Har kuni belgilangan miqdordagi pul kartamdan avtomatik yechilib, jamg‘armamga qo‘shilib boradi. Manashu kichik funksiyaning effekti pul yig’ishda juda katta rol o’ynaydi.
  • 🏆 279
Post #286 31.6K
3-qism

Shu sabab internetda: “Milliarderlarning 80 foizi mana buni qiladi”, “Baxtli odamlarning 70 foizi mana bunday yashaydi”, “Uzoq umr ko‘radigan odamlar mana buni yeydi” degan ma’lumotlarni ko‘rganimizda birinchi savol berishingiz kerak.

- “Raqam rostmi?”
- “Bu narsa sababmi yoki shunchaki yonma-yon kelayotgan belgimi?”

Masalan, muvaffaqiyatli odamning hayotiga qaraymiz.

Soat 5 da turadi, kitob o‘qiydi, sovuq dush oladi, qahva ichadi, qora futbolka kiyadi.

Keyin shu tashqi belgilarni ko‘chirib, natija ham ko‘chadi deb o‘ylaymiz.

Vaholanki, uning natijasini olib kelgan asosiy sabab butunlay boshqa joyda bo‘lishi mumkin.

20 yil bir sohada ishlagandir. Kerakli vaqtda kerakli odam bilan tanishgandir. Oilasi unga kuchli ta’lim bergandir. Risk qilgandir. Omadi kelgandir. Yoki bularning hammasi birgalikda ishlagandir.

Shuning uchun korrelyatsiya bizga “bu ikki narsa orasida bog‘liqlik bor” deydi.

Lekin “Nega bog‘liqlik bor?” degan savolga javob bermaydi. Sababni bilish uchun yana chuqurroq kirish kerak. Uchinchi omillarni ko‘rish kerak. Sababning yo‘nalishini tekshirish kerak. Ba’zida tajriba qilish kerak.

Ba’zida esa shunchaki “Bilmayman” deyishga intellektual halollik kerak bo’ladi.

Menimcha, statistik fikrlashning eng muhim ko‘nikmalaridan biri ham shu. Raqam ko‘rganingizda hayratlanishdan oldin, o‘zizga savol bering. Balki men sababni natija bilan adashtirayotgandirman?

Chunki statistikada eng xavfli yolg‘on har doim soxta raqam bo‘lmaydi. Ba’zida raqam mutlaqo to‘g‘ri bo‘ladi. Xato o‘sha to‘g‘ri raqamdan chiqargan xulosada bo‘ladi.
  • 🏆 552
Post #285 29.4K
2-qism

Masalan, yana bir mashhur gap bor, “Muvaffaqiyatli odamlar ertalab 5 da uyg‘onadi” degan.

Shu gapdan “Demak, soat 5 da uyg‘onsam muvaffaqiyatli bo‘laman” degan xulosa chiqarsak to'g'ri bo'ladimi?

Unda obodonlashtirish xizmati xodimlari dunyodagi eng boy odamlar bo‘lishi kerak edi. Ular sizdan ham, mendan ham oldin uyg‘onishadi. Demak, muammo uyg‘onadigan soatda emas. Balki muvaffaqiyatli odamlarning ayrimlari umuman tartibli yashar.

Balki maqsadi aniqdir. Vaqtini to'g'ri boshqarar. Keraksiz narsalarga “yo‘q” der. Yoki erta uyg‘onish shunchaki o‘sha hayot tarzining bir ko‘rinishi bo‘lishi mumkin.

Biz esa natijani ko‘rib, uni sabab deb o‘ylaymiz. Bu huddi daraxtning mevasiga qarab “Demak, olmani shoxga osib qo‘ysam, daraxt bo‘ladi” deyishga o‘xshaydi.

Yo‘q. Olma sabab emas. Olma undan oldin bo‘lgan butun bir jarayonning natijasi. Ildiz bor. Suv bor. Tuproq bor. Quyosh bor. Vaqt bor.

Biz esa oxiridagi ko‘rinib turgan narsani olib, barcha muvaffaqiyatni shunga bog‘lab qo‘yamiz.
  • 🏆 467
Post #284 29.1K
Boy odamlar ko‘proq kitob o‘qiydi degani, “kitob o‘qisangiz boy bo‘lasiz” degan emas.

Tasavvur qiling, yoz fasli keldi. Muzqaymoq savdosi oshdi. Xuddi shu paytda suvda cho‘kish holatlari ham ko‘payadi.

Agar statistikaga yuzaki qarasak, “Muzqaymoq odamlarni cho‘ktiradi” degan xulosa chiqarishimiz mumkin.

Chunki muzqaymoq savdosi oshgan sari cho‘kish ham oshyapti. Mantiqsiz, to‘g‘rimi?

Muzqaymoq bilan cho‘kish o‘rtasida bog‘liqlik bor, lekin biri ikkinchisining sababi emas. Statistikada bunga “korrelyatsiya” deyiladi.

Oddiy tilda aytganda, ikki narsa bir vaqtda o‘zgarayotganini ko‘ramiz. Muammo shundaki, inson miyasi bunaqa raqamlarni ko‘rganida darrov hikoya yasagisi keladi.

Misol uchun A oshdi. B ham oshdi. Ha demak, A sababli B oshgan deb juda ko‘p xato qilamiz.

Masalan, boy odamlar ko‘p kitob o‘qiydimi? Ha. Demak, ko‘p kitob o‘qisangiz boy bo‘lasiz deyish to’g’ri xulosa bo’lmaydi.

Balki umuman teskarisidir? Balki daromadi yuqori odamning vaqtini boshqarish imkoniyati ko‘proqdir va shu sabab u ko‘proq kitob o‘qir?

Yoki yaxshi ta’lim olgan odam ham ko‘proq kitob o‘qiydi, ham yuqori daromadli kasbga kirish ehtimoli yuqoriroq bo‘ladi.

Unda kitob boylikning sababi bo‘ldimi? Yoki ta’lim ikkala narsaga ham ta’sir qildimi? Yoki kitob o‘qish ham qisman yordam berdi, yuqori daromad ham keyinchalik ko‘proq o‘qish uchun sharoit yaratdimi?

Mana shu joydan boshlab masala qiziqlashadi. Chunki real hayotda sabablar kamdan-kam hollarda bitta bo‘ladi.
  • 🏆 608
Post #283 34.7K
Pulni tejash kamroq xarid qilish degani emas. Muammo nima uchun xarid qilayotganingizni tushunishda.

Kimdir telefoni eskirgani va foydalanish noqulay bo’lgani uchun yangi telefon sotib oladi. Yana kimdir atrofidagilardan ortda qolmaslik uchun.

Tashqaridan ikkalasi ham bir xil xarid. Lekin birinchisi ehtiyojdan kelib chiqqan qaror, ikkinchisi esa impulsiv.

Rostini aytsak biz ko’p holatda hissiyot bilan xarid qilamiz. Va shu tarzda pulimizning katta qismi ongli tanlovga emas, avtomatik iste’molga ketadi.

Manimcha, moliyaviy intizom ham aynan shu joydan boshlanadi. Inson uchun bugungi rohat ham kelajakka investitsiya ham kerak. Asosiy narsa qaysi biriga qancha mablag’ ketishida.

Masalan, hozir daromadingizning atigi 5–10 foizini IMANUM orqali investitsiyaga ajratsangiz, bu summa bugun hayotingizni tubdan o‘zgartirmasligi mumkin.

Lekin sizda pulning bir qismini iste’mol qilmasdan, kelajak uchun ajratish odati shakllanadi.

Odam avval katta pul topib, keyin moliyaviy intizomli bo‘lib qolmaydi. Kichik mablag‘ni boshqarishni o‘rgangan odam katta mablag‘ kelganida ham uni qayerga yo‘naltirishni biladi. Shu sabab investitsiyani faqat “qancha daromad beradi?” degan savol bilan ko‘rmaslik kerak.
  • 🏆 469
Post #282 32.2K
Bir dasturchi har kuni chekish yillar davomida o‘pkaga qanday ta’sir qilishini 3D model orqali ko‘rsatibdi.

Qiziq joyi ekranda ko‘rinayotgan har bir o’pka uchun alohida 3D model yaratilmagan.

O‘pkaning bitta 3D modeli yaratilgan. Keyin Chat GPT Astra shu bitta modelni jonlantirgan.

Ya’ni saytga kirib “5 yil”, “10 yil”, “20 yil” deb o‘zgartirsangiz, o‘pka ham ekranda asta-sekin o‘zgaradi.

Ba’zi narsalarni matndan o‘qish yoki mutaxassisdan eshitish har doim ham ta’sirli bo’lavermaydi. Masalan, “chekish o‘pkaga zarar qiladi” degan gapni hammamiz bilamiz. Lekin o‘sha zarar yillar davomida qanday yig‘ilib borishini 3D ko‘rinishda ko‘rish butunlay boshqa ta’sir qiladi.


🔗: https://breath-atlas.thebuggeddev.chatgpt.site
  • 🏆 343
Post #281 39.1K
Xojimurod Xayitmuradov 🗓️ 6-sentyabr kuni soat 11:00 da “O‘rmon Saroyi” loyihamizda ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tadi. 🌳 Siz loyiha qurilish jarayoni bilan yaqindan tanishasiz, xonadonlar va mavjud takliflar haqida to‘liq ma’lumot olasiz. Ishtirok etish uchun pastdagi havola orqa…
Videoda 5-kuni deyilgan, lekin ochiq eshiklar kuni 6-sentabr kuni bo’ladi.

Man o’zim ham shu yerda bo’laman. Chunki shu loyihadan uy olganman va qurilish jarayonlarini o’zim ko’rmoqchiman.

Ochiq eshiklar kuniga kelib, kompaniya egasi bilan yuzma-yuz gaplashishingiz mumkin. Tadbirga faqat “O’rmon Saroyi” loyihasidan uy olganlar emas hamma kelishi mumkin.

O’rmon Saroyi loyihasida ko’rishamiz.
  • 🏆 186
Older posts →

About this channel

How can I read @abdusattor without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Abdusattor: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Abdusattor have?
Abdusattor (@abdusattor) has 59K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Abdusattor know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →