Boy odamlar ko‘proq kitob o‘qiydi degani, “kitob o‘qisangiz boy bo‘lasiz” degan emas.
Tasavvur qiling, yoz fasli keldi. Muzqaymoq savdosi oshdi. Xuddi shu paytda suvda cho‘kish holatlari ham ko‘payadi.
Agar statistikaga yuzaki qarasak, “Muzqaymoq odamlarni cho‘ktiradi” degan xulosa chiqarishimiz mumkin.
Chunki muzqaymoq savdosi oshgan sari cho‘kish ham oshyapti. Mantiqsiz, to‘g‘rimi?
Muzqaymoq bilan cho‘kish o‘rtasida bog‘liqlik bor, lekin biri ikkinchisining sababi emas. Statistikada bunga “korrelyatsiya” deyiladi.
Oddiy tilda aytganda, ikki narsa bir vaqtda o‘zgarayotganini ko‘ramiz. Muammo shundaki, inson miyasi bunaqa raqamlarni ko‘rganida darrov hikoya yasagisi keladi.
Misol uchun A oshdi. B ham oshdi. Ha demak, A sababli B oshgan deb juda ko‘p xato qilamiz.
Masalan, boy odamlar ko‘p kitob o‘qiydimi? Ha. Demak, ko‘p kitob o‘qisangiz boy bo‘lasiz deyish to’g’ri xulosa bo’lmaydi.
Balki umuman teskarisidir? Balki daromadi yuqori odamning vaqtini boshqarish imkoniyati ko‘proqdir va shu sabab u ko‘proq kitob o‘qir?
Yoki yaxshi ta’lim olgan odam ham ko‘proq kitob o‘qiydi, ham yuqori daromadli kasbga kirish ehtimoli yuqoriroq bo‘ladi.
Unda kitob boylikning sababi bo‘ldimi? Yoki ta’lim ikkala narsaga ham ta’sir qildimi? Yoki kitob o‘qish ham qisman yordam berdi, yuqori daromad ham keyinchalik ko‘proq o‘qish uchun sharoit yaratdimi?
Mana shu joydan boshlab masala qiziqlashadi. Chunki real hayotda sabablar kamdan-kam hollarda bitta bo‘ladi.
Post #284
29.1K

- 🏆 608