Instagramda bir video ko‘rib qoldim. Unda 19–20 yoshli bolalar kasb tanlash haqida gaplashyapti.
Ularning aytishicha, ota-ona sen uchun kasb tanlamasin. Ularga o‘zing xohlaydigan kasbni aytib, “tezroq ularni xafa qil”. Shunda ular ishinga qarshi bo‘lmas ekan.
Umuman olganda, 19–20 yoshli odam ota-onasiga nimani xohlayotganini ayta olishi kerak. Lekin faqat ota-ona xohlagani uchun kasb yomon bo‘lib qolmaydi. Yoki farzand xohlagani uchun ham u to‘g‘ri tanlovga aylanmaydi.
Mani o‘ylantirgan joyi “tezroq xafa qil” degan maslahat bo’ldi. Go‘yoki bu gap ota-onani xafa qilishni maqsadga aylantirayotgandek. Ya’ni bir-birimizni tushunaylik, avval nimadadir mas’uliyat olib qo’limdan nima kelishini ko’rsatay debmas, men o‘z gapimni o‘tkazishim kerak degan fikr aytilyapti. Va bu umuman to’g’rimas.
Ota-ona har doim o’sha kasb ortidagi barqarorlik, tajriba va jamiyatdagi foyda va xavfni o‘ylaydi. Yigirma yoshli bola bo’lsa ko’proq qiziqishlari, qobiliyati va butun umr shu ish bilan shug‘ullanishini tushunadi. Ikkalasida ham qaror uchun kerakli sabab bo’ladi. Ikkalasi ham adashishi yoki haq bo’lishi mumkin.
Yoki bunga teskari holat ham bor. Ota-onam xohlagani uchun shu o’qishga, ishga kirganman deydiganlar. O’zingchi, mas’uliyat olmaganmisan hayotinga deb so’rasangiz hech qanday javob olmaysiz.
Ota-onadan nimadir uchun ishonch talab qilishdan oldin, inson hayotda biror bir mas’uliyatni yelkasiga olib ko’rgan bo’lishi kerak.
“Bu mening hayotim” deyish oson. Lekin o‘sha hayotdagi qarorlarning oqibatini ko‘tarish qiyin. Bugun oddiy va’dangizda turolmasangiz, ota-onangiz sizning besh yillik rejangizga nega ishonishi kerak? Fikringizni to’g’ri yetkazib berolmasangiz ular nega ishonishi kerak?
Hayotda qaror qabul qilish kuchiga ega bo‘lish uchun ota-ona bilan urushish shartmas. Ota-onangiz sizga ishonmayaptimi demak katta hayotda jamiyat ishonchini qozonishni o’ylamasangiz ham bo’ladi.
*Albatta hayotda turli ota-onalar, turli farzandlar va turli holatlar bor. Bu post aynan qaysidir holatlar haqidamas umumiy xulosa sifatida yozilgan.
Post #294
38.4K
- 🏆 850