Tasavvur qiling, sinfdoshlaringiz bilan uchrashdingiz. Biri otasining biznesini oyoqqa qo’yib, yaxshi mashina haydayapti. Biri o’qishni bitirib, hali bir joyga o’rnasha olmagan. Yana birini faqat Instagramdan kuzatasiz va uning hayoti sizga noreal tuyuladi.
20-25 yoshda sizdan ancha oldindagini ham, ancha orqadagini ham topish mumkin. Lekin miyamiz negadir faqat oldindagilarni ko’radi. Psixologiyada bu “yuqoriga qarab solishtirish” deyiladi. Ya’ni inson o’zini doim o’zidan yaxshiroq yashayotganlar bilan o’lchaydi va natijada “man orqada qoldim” degan xulosaga keladi. Biz bu haqida oldin ham gaplashganmiz.
Yaqinda manashu mavzuda marketolog Abdulhamidning inshosini o’qib qoldim. U tengdoshlarida bir narsani payqagan. Ular pulni emas, natijaga bo’lgan umidni yo’qotgan. Xarakatlari oylik xarajatlarini yopishga qaratilgandek.
O’zi esa maktab paytini eslaydi. Aynan shu do'stlari bilan ertalab 4:00 da turib, qo'ylarning suvini berib, 5:00 da nonushta qilib, 6:00 dagi repetitorga ulgurishga harakat qilishgan
Uning xulosasi manga yoqdi. Nima ekanini essening o’zidan o’qishingizni tavsiya qilaman.
O'qish uchun: Kutilmalar haqida
Post #295
25.6K
- 🏆 370