🦇Batman Python’da kod yozishni biladi
Ben Afflek intervyusida Python’da kichik skriptlar yozishi, neyron tarmoqlar tasvir bilan qanday ishlashi va Google hamda OpenAI’ning video texnologiyalariga qiziqishi haqida gapiryapti.
Man ba’zi insonlardan “Men ijod odamiman, texnik ishlar men uchun emas”, degan gaplar eshitaman. Yoki masalan “Men fotografman, video olmayman”, “Men professional videografman, telefonda mobilograf video oladi”, “Men operatorman, montajni montajchi qiladi” degan gaplar.
To’g’ri bitta yo‘nalishda kuchli mutaxassis bo‘lish yaxshi. Lekin “bu mening ishim emas” degan gap ba’zan o‘zimizga kelayotgan rizqni cheklaydi.
Masalan, kichik biznes egasiga mahsuloti haqida 5 ta qisqa video kerak. U sizga murojaat qildi. Siz “Men faqat videoga olaman. Ssenariy uchun boshqa odam toping, montajni birovga qildirasiz”, dedingiz. Endi u bitta ish uchun uchta odam topishi va har biriga vazifani tushuntirishi kerak.
Boshqa mutaxassis bo’lsa shu videolarni g‘oyasidan tortib tayyor holatigacha qilib bera oladi. Siz faqat o‘zingiz bajaradigan vazifani o‘ylayotgan paytda, boshqa mutaxassis mijozning muamosiga tayyor yechim taklif qilyapti.
Mijoz uchun sizning kasbingiz qanaqaligi muhimmas, uning muammosini hal qilishingiz muhim.
Albatta, kino yoki katta media loyihalarda talab boshqacha. Alohida operator, ovoz rejissori, chiroqchi, montajchi va kolorist kerak bo’ladi. Bu holatda ishni bir kishiga yuklab bo’lmaydi.
Lekin kundalik, sodda ijtimoiy tarmoq kontentini yaratishda bir nechta vazifani bajara oladigan “universal askar”ning ustunligi bor.
Ayniqsa sohada yangi bo’lsangiz, bitta yo‘nalishda kuchli bo‘lib, unga bog’liq qo’shimcha ko‘nikmalarni ham shakllantiring. Operator bo’lib montajni tushunsangiz, videoga olish paytida qaysi kadrlar kerakligini yaxshiroq bilasiz. Fotograf bo’lib videoga olishni ham bilsangiz, mijozga ko‘proq yechim taklif qila olasiz. Umuman olganda imkoniyatingiz kengayadi.
Post #300
17K