TGViewer
Abdusattor Abdusattor @abdusattor · 59K subscribers
Post #301 13.2K
Yanvarda mashina buzildi. Martda qarindoshning to‘yi bo‘ldi. Aprelda tish davolatishga to‘g‘ri keldi. Iyunda ish uchun texnikalar oldim. Sentabrda bolalarga maktab xarajatlari chiqdi. Kecha yaqinda yo’l qoidasini buzganim uchun yaxshigina jarima to’ladim. Mana oktabr keldi va meni oldinda yana 3 ta to'y kutib turibdi.

Bu xarajatlarning ko‘pini bo’lishidan oldin oylik budjetimga qo‘shmaganman. Ba’zilarini oldindan bilish ham mumkin edi. Lekin oylik budjetimda ularga joy ajratmaganman.

Har safar “bu oy shunaqa bo‘lib qoldi, keyingi oy xarajat kamroq bo‘ladi” deb o‘ylaganman. Endi qarasam, deyarli har oy “o’sha oyga xos” qandaydir xarajat chiqibdi. Biri tugasa, boshqasi boshlangan.

Tadqiqotlarga ko‘ra, odamlar oziq-ovqat yoki ijara kabi doimiy xarajatlariga qancha pul ketishini aniq hisoblaydi. Lekin kutilmagan xarajatlarni umuman esdan chiqarar ekan. Bunaqa xarajatlarga “bir martalik” deb qaraganimiz uchun keyingi oy rejasiga qo‘shmaymiz.

Eng qizig’i pul yig’ish va investitsiyani ham keyingi “xarajatsiz oyga” surib kelamiz. Lekin kutilmagan xarjatsiz oyning o’zi bo’lmaydi.

Shaxsan o‘zim ham investitsiya uchun pul ajratmoqchi bo‘lib, uzoq vaqt buni kechiktirib kelganman. Faqat Imanum’da investitsiyani avtoto‘lovga ulab qo‘yganimdan keyin uni ham oylik budjetimning bir qismiga qo’shganman.

Oldin “oy oxirida pul ortsa, investitsiya qilaman” derdim. Hozir investitsiya uchun qancha ajratishni oldindan bilaman va qolgan xarajatlarimni shunga qarab rejalashtiraman. Xarajatlar tugagani yo’q lekin har oylik investitsiya odatga aylandi.
  • 🏆 461
More from @abdusattor
  1. Oct 7, 2026🦇Batman Python’da kod yozishni biladi Ben Afflek intervyusida Python’da kichik skriptlar…
  2. Oct 6, 2026Bir hafta oldin IMAN Invest Holding Toshkentda birinchi Priority Office’ini ochdi. Shu mun…
  3. Oct 5, 2026Bu AQShning Yuta shtatidagi AI data markazi. U o'zidan kuniga 23 ta atom bombasi energiyas…
  4. Oct 4, 2026Tasavvur qiling, sinfdoshlaringiz bilan uchrashdingiz. Biri otasining biznesini oyoqqa qo’…
  5. Sep 29, 2026Instagramda bir video ko‘rib qoldim. Unda 19–20 yoshli bolalar kasb tanlash haqida gaplash…
  6. Sep 25, 2026YouTube’ga qo‘yilgan oxirgi videoyimiz 100K’dan oshibdi. Shu videoda haqiqiy boylik qurish…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →