TGViewer
Abdusattor Abdusattor @abdusattor · 59K subscribers
Post #260 62.5K
Insonlar o'z muvaffaqiyatlarini doim atrofidagilar bilan solishtirib baholaydilar.

Tasavvur qiling, siz oyiga $1 000 ishlab topasiz va uyingiz bor. Siz baxtlimisiz? Baxt sizning shaxsiy ehtiyojlaringizga emas, atrofingizda kimlar yashashiga bog'liq.

Agar sizning barcha tanishlaringiz oyiga $500 topsa, siz o'zingizni aniq baxtli his qilasiz. Agar o'sha davradagilar oyiga $5 000 topishni boshlasa, sizning daromad va xarajatlaringiz o’zgarmasa ham o’zingizni "omadsiz va kambag'al" seza boshlaysiz.

Ilgari odamlar o'zini faqat qo'shnisi yoki sinfdoshi bilan solishtirgan bo'lsa, bugun ijtimoiy tarmoqlar tufayli butun dunyo bilan solishtiryapti.

Ertalab uyg’onib ishga ketayotgan odam Instagramda qaysidir blogger sayohatda yurganini yoki otasiga “OTAMGA” degan yozuv bilan mashina sovg’a qilganini ko’radi.

Natijada u o’zini hayotda yutqizgandek his qiladi. Hamma hayotini shunaqa yashayaptiyu bitta u 9 dan 6 gacha ishga borib keladi.

Lekin raqamlarga qarasak, dunyo miqyosida odatiy mehnat qiladiganlar, shifokorlar, muhandislar, o'qituvchilar, dasturchilar, tadbirkorlarning 90-95% jamiyatda o’rta va yuqori sinfga chiqa oladi. Blogger bo'lib, millionlab pul topadiganlar foizi esa 0.1%’ga ham yetmaydi.

Biz o’sha 95% insonlarni Instagramda ko’rmaymiz. Biz faqat 0.1% bloggerning sayohatlarini ko’ramiz va miyamiz beixtiyor "Hamma shunday yashayapti, faqat men orqada qolyapman" degan noto'g'ri xulosaga keladi.

Yana bir tadqiqot shuni ko'rsatadiki, odamlar o'z hayotlarining eng yomon va qiyin kunlarini boshqalarning eng baxtli va ideal daqiqalari bilan solishtiradi.

Siz o'zingizning charchoqlaringiz, qarzlaringiz, muamolaringizni aniq bilasiz. Lekin bloggerning kameraga kulib turgan 1 daqiqalik videosi ortida nimalar borligini bilmaysiz.
  • 🏆 1.5K
More from @abdusattor
  1. Oct 9, 2026Yanvarda mashina buzildi. Martda qarindoshning to‘yi bo‘ldi. Aprelda tish davolatishga to‘…
  2. Oct 7, 2026🦇Batman Python’da kod yozishni biladi Ben Afflek intervyusida Python’da kichik skriptlar…
  3. Oct 6, 2026Bir hafta oldin IMAN Invest Holding Toshkentda birinchi Priority Office’ini ochdi. Shu mun…
  4. Oct 5, 2026Bu AQShning Yuta shtatidagi AI data markazi. U o'zidan kuniga 23 ta atom bombasi energiyas…
  5. Oct 4, 2026Tasavvur qiling, sinfdoshlaringiz bilan uchrashdingiz. Biri otasining biznesini oyoqqa qo’…
  6. Sep 29, 2026Instagramda bir video ko‘rib qoldim. Unda 19–20 yoshli bolalar kasb tanlash haqida gaplash…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →