TGViewer
Channel Public Channel
Raqamli San’at

Raqamli San’at

@raqamlisanat

Raqamli San’at Ijodiy Birlashmasining rasmiy Telegram kanali.

AI va raqamli texnologiyalardan foydalanadigan ijodkorlarni birlashtiruvchi maydon. Iqtidorlarni topamiz, ta’lim beramiz va xalqaro g'alabalarga yetaklaymiz.
Subscribers
453
Photos
36
Videos
5
Links
9
Recent Posts 12 shown
Post #47 163

Forwarded from Kun.uz | Расмий канал

«Америкалик тадқиқотчилар СИ билан аждодларимиз қиёфаларини тикламоқчи» — рақамли санъатда режалар қандай?

Kun.uz билан Ню Йоркда суҳбатлашган Рақамли санъат ижодий бирлашмаси раҳбари Рауф Набиевга кўра, Бостонда ўзбек СИ мактаби очилади.

Шунингдек, америкалик тадқиқотчилар Ўзбекистонга келиб маданият тизимини ўрганади. Набиев АҚШда қатор меморандумлар ҳам тузган, келаси йили Навоий ҳақида филм олиниб, Америкада тақдимот қилиниши кутилмоқда.

📱 ТЎЛИҚ СУҲБАТНИ КЎРИШ
Post #46 247
Aibek va Aisha

Ular “Raqamli san’at” ijodiy birlashmamiz tomonidan yaratilgan milliy AI ijodkorlardir.

Biz Aibek va Aisha ijrosida 3 ta musiqiy klip taqdim etdik. Xususan Erkin Vohidovning “O’zbegim” qasidasi asosida yaratilgan klipimiz YouTube’da 100 mingdan ortiq ko’rildi.

Ularni yaratishdan maqsad shunchaki sun’iy intellekt yordamida qo‘shiq kuylaydigan virtual qahramonlar yaratish emas. Aibek va Aisha orqali o‘zbek tarixi, adabiyoti va madaniyatini zamonaviy raqamli tilda qayta talqin qilish edi.

“O‘zbegim” klipida buyuk siymolarimiz, xalqimiz tarixi va o‘zlikni anglash haqidagi fikrlar oldinga surilgan. “Samarqandga” klipida esa Mirzo Ulug‘bekni faqat buyuk olim va hukmdor sifatida emas, balki farzand xiyonati qarshisida qolgan ota sifatida ko’rsatishga harakat qildik. Bu bilan tariximizdagi siymolarni yanada yaxshiroq tanitishni maqsad qilganmiz. “Daryo toshqin” klipimizda xalqimiz “Shum bola” filmi orqali tanigan milliy qo’shig’imiz zamonaviy taqlinda qayta jonlantirildi.

Aibek va Aisha o‘zbek adabiyoti, tarixi, musiqasi va milliy obrazlarini yangi raqamli dunyoda ko’rsatib beradigan virtual ijodkorlar. Ular milliyligimizni zamon bilan birga yangi shakllarda yashashda davom etishiga yordam beradi.

O’zbegim - https://youtu.be/f_fJpTnWIMQ
Samarqandga - https://youtu.be/rEmhK9YKOIs
Daryo toshqin - https://youtu.be/it5sOjX9y54
  • ❤ 5
  • 👍 2
  • 🔥 1
Post #42 293
🇺🇸🇺🇿 "Raqamli San’at" ijodiy birlashmasi AQShning Albany University bilan memorandum imzoladi

O‘zbekiston madaniyat sohasida ilm-fan, ta’lim va raqamli texnologiyalarni integratsiya qilish yo‘lida navbatdagi muhim qadam tashlandi.

O‘zbekiston Madaniyat vaziri maslahatchisi, "Raqamli san’at" ijodiy birlashmasi rahbari Rauf Nabiyev hamda Albany University vitse-prezidenti Dr. Karol H. Kim o‘rtasida rasmiy hamkorlik memorandumi imzolandi.

Kelishuv nimalarni ta'minlaydi?

AQShda R&D ta'limi: Birlashma va Kasbiy ta’lim agentligi mutaxassislari hamda bitiruvchilari Amerikada tadqiqot va rivojlantirish (R&D) yo‘nalishida tahsil oladi.

Milliy merosni raqamlashtirish: O‘zbek va amerikalik olimlar hamkorligida madaniyatimizni ilmiy o‘rganish hamda zamonaviy texnologiyalar bilan boyitish bo‘yicha qo‘shma loyihalar yo‘lga qo‘yiladi.

Xalqaro tajriba: Soha mutaxassislarining malakasi oshirilib, madaniy merosimizni global raqamli maydonga olib chiqish uchun yangi poydevor yaratiladi.

"Raqamli San'at" ijodiy birlashmasi milliy qadriyatlarimizni sun’iy intellekt va ilg‘or raqamli texnologiyalar orqali dunyo sahnasiga olib chiqishda davom etadi!
  • 👍 6
  • 🔥 2
  • ❤ 1
Post #41 341
“DARYO TOSHQIN” – Aibek & Aisha

O‘zbek kinosining durdonasi “Shum bola” filmi orqali barchamizning qalbimizga muhrlangan afsonaviy “Daryo toshqin, suvlar to‘lqin” xalq qo‘shig‘i endi mutlaqo yangi formatda!

Ushbu videoda biz zamonaviy Sun’iy Intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda qo‘shiqqa qaytadan jon bag‘ishladik. O‘tmishning o‘sha beg‘ubor va dardli sadosini zamonaviy uslubda his eting.

Bu loyiha orqali mumtoz va zamonaviy madaniyatni yangi texnologiyalar bilan bog‘lash, o‘zbek adabiyoti va tarixidagi kuchli obrazlarni yangi avlod uchun zamonaviy tilda qayta talqin qilish maqsad qilingan.

Ijodiy birlashmamizning AI ijodkorlari Aibek va Aisha ijrosidagi uchinchi musiqiy klipini Youtube kanalimizda tomosha qiling.

🎞: https://youtu.be/it5sOjX9y54
  • 👍 5
  • ❤ 2
  • 🔥 1
Post #39 560
🇺🇿🇺🇸O‘zbek AI maktabi endi AQShda

O‘zbekistonlik AI mutaxassislari uchun xalqaro ta’lim va tajriba almashinuvi bo‘yicha yangi imkoniyatlar ochilmoqda.

Madaniyat vaziri maslahatchisi va “Raqamli San’at” ijodiy birlashmasi rahbari Rauf Nabiev boshchiligidagi delegatsiya ayni vaqtda AQShda bo‘lib turibdi.

Delegatsiyaning Boston University qoshidagi Questrom School of Business vakillari bilan o‘tkazgan rasmiy uchrashuvida ta’lim, sun’iy intellekt va mutaxassislar almashinuvi bo‘yicha bir qator hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilinib, dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Hamkorlik doirasida “Raqamli San’at”ijodiy birlashmasining salohiyatli mutaxassislari va talabalari Boston University’da magistratura bosqichida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘lishi rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, universitetda generativ AI yo‘nalishida ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, o‘zbekistonlik AI mutaxassislarining master-klasslarini tashkil etish ham ko‘zda tutilgan. Ushbu yo‘nalishdagi dars metodikasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishda “Raqamli San’at” mutaxassislari ishtirok etadi.

Bu hamkorlikning yana bir muhim tomoni shundaki, tajriba faqat xorijdan O‘zbekistonga olib kelinmaydi. O‘zbekistonda shakllanayotgan AI bo‘yicha bilim va metodikalar ham xalqaro akademik muhitga olib chiqiladi.

Rasmiy memorandumni 2027-yil fevral oyida imzolash rejalashtirilgan.
  • ❤ 8
  • 🏆 4
  • 🔥 3
Post #38 488
Xalqimizda “ustoz ko‘rgan” degan ibora faqat kimdandir dars olgan odamga nisbatan aytilmaydi. Ustoz ko‘rgan insonning yurish-turishida, gapida va ishga bo'lgan munosabatida ustozining maktabi seziladi.

Ustoz o'z shogirtlariga nafaqat bilim balki mezon beradi. Nimani yaxshi deb bilish, nimaga mas’uliyat bilan qarash, qayerda sabr qilish, qayerda talabchan bo‘lish va bular kitobdan emas, insondan o'rganiladi.

Shuning uchun ham xalqimiz tarixida ilm-fan, kasb-hunar va san’at ustoz-shogird an’anasi orqali avloddan-avlodga o'tib, asrlar davomida yashab kelgan.

🇺🇿1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar.
  • 🔥 3
  • ❤ 1
Post #37 441
♟️Shaxmat 2026. 200 tadan ortiq mamlakat. 2 mingga yaqin shaxmatchi va O‘zbekistonning g‘alabasi! 🇺🇿

Samarqanddagi Shaxmat olimpiadasida yurtdoshlarimiz O‘zbekiston bayrog‘ini eng balandga ko‘tarib, xalqimizga unutilmas quvonch ulashdi. Bu g‘alabada aql, sabr va yillar davomida qilingan mehnatning kuchi mujassam.

“Raqamli san’at” ijodiy birlashmamiz ushbu g‘alabaga bag‘ishlab videorolik tayyorladi.

🇺🇿 Shaxmatchilarimiz, siz bilan faxrlanamiz!
  • 👍 7
  • 🔥 5
  • ❤ 3
  • 👏 1
  • 🤯 1
  • 🏆 1
  • 😇 1
Post #36 470
Qarg‘alar uchsa qaraylik Marg'ilonning yo'liga...

Bu qo’shiq o’zbek xalqining qonli tarixini hikoya qiladi. 1875-yillarda Chor Rossiyasi askarlari tomonidan Marg‘ilonda qirg’in o’tkaziladi. Qirg’inda halok bo’lgan insonlarning jasadini dafn etishga Chor Rossiyasi ruxsat bermaydi. Bu boshqalar yuragiga qo’rquv solishning bir usuli bo’lgan.

Kunlab dafn etilmagan jasadlar atrofida qarg‘alar to‘planadi. Otasi, eri yoki farzandidan ayrilgan ayollar esa qarg’alarni quvishga, yaqinlarining jasadlarini himoya qilishga urinadi.

Shu sababli qo‘shiqdagi qarg‘alar musibat darakchisi, Marg‘ilon yo‘li esa ayriliq va iztirob manzarasi deya ifodalangan. Jasadlardan chiqayotgan badbo’y hid ularning yaqinlari uchun handalak hidiga tenglashtirilgan.

Bu qo‘shiq o‘zbek xalq og‘zaki ijodida majoz va o‘xshatishlar naqadar kuchli va ta’sirchan ekanligini ko‘rsatadi. Birgina obraz, birgina ishora orqali shunchalik katta dardni ifodalash mumkinmi? So‘zlar oddiy tuyuladi, ammo ularning ortidagi ma’noni anglaganingiz sari yuragingiz og‘riydi.

Birlashmamizning ijodiy jamoasi tomonidan tariximizdagi manashu qonli xotira zamonaviy vositalar bilan qayta tiklandi. Bu ijodiy ishimiz o‘tmishda yashab o‘tgan, bugun ismlarini bilmasak ham vatan uchun qon to’kkan insonlar xotirasiga kichik bir ehtiromdir.

📹: https://youtu.be/nWRJh2Ikk9I
  • 💔 10
  • ❤ 5
  • 👍 2
Post #35 486
“Raqamli San’at” Ijodiy birlashmasi deganda faqat AI yordamida video yoki boshqa kreativ kontent yaratadigan jamoani tasavvur qilishingiz mumkin. Aslida birlashmamizning maqsadi va faoliyati bundan kengroq.

Maqsadimiz madaniyat va san’atni zamonaviy texnologiyalar bilan bog‘laydigan yaxlit ekotizim yaratish. Uning asosiy yo‘nalishlari raqamli rivojlanish, ta’lim, zamonaviy media mahsulotlari va O‘zbekistonning xalqaro kreativ maydondagi o‘rnini kuchaytirishni qamrab oladi.

Birlashma o‘zaro bog‘langan 5 ta markaz faoliyatini qamrab oladi:

1. R&D markazi: madaniyat va san’atdagi muammolarni o‘rganish, AI va raqamlashtirish asosida yangi yechimlarni sinab ko‘rish. Bu yerda AI laboratoriyasi, pilot loyihalar va xorijiy tajribalarni O‘zbekistonga moslashtirish kabi ishlar ko‘zda tutilgan.

2. Ta’lim markazi: yangi avlod raqamli ijodkorlarini tayyorlash. AI Creative, R&D hamda Grafika va Dizayn akademiyalari orqali AI video, grafika, musiqa, dramaturgiya, rejissura, dizayn va boshqa zamonaviy yo‘nalishlar o‘rgatiladi. Rejada yiliga 1 000–3 000 nafar zamonaviy kasb egasini tayyorlash ko‘zda tutilgan.

3. Raqamlashtirish va media markazi: milliy madaniy merosni raqamlashtirish va uni zamonaviy formatlarda odamlar uchun ochish. Milliy raqamli arxivlar, virtual muzeylar, Art TV media platformasi, AI loyihalar, mapping, LED va immersiv texnologiyalar shu yo‘nalishga kiradi.

4. Xalqaro hamkorlik markazi: xorijiy universitetlar va texnologik kompaniyalar bilan hamkorlik qilish, ilg‘or tajriba va texnologiyalarni O‘zbekistonga olib kirish, grantlar va xalqaro loyihalarni rivojlantirish.

5. Iqtisodiy rivojlanish markazi: kreativ va AI xizmatlari, mahsulotlar eksporti, kreativ startaplar hamda investitsiyalar orqali birlashmaning uzoq muddatli barqaror modelini shakllantirish.

Bundan tashqari bir nechta asosiy dasturlar ham bor. Digital Art Scouting orqali yangi raqamli iqtidorlarni aniqlash va saralash, TOP 100 Digital Talents orqali ularni rivojlantirish, International Competition Office orqali xalqaro tanlovlarga tayyorlash va Real Creative Commissions orqali ijodkorlarni real buyurtmalar bilan bog‘lash ko‘zda tutilgan.
  • 👍 5
  • 👏 3
  • ❤ 1
Post #34 516

Forwarded from Kun.uz | Расмий канал

“Амир Темур: Болалик даври” филми халқаро мукофотга лойиқ кўрилди

Венецияда бўлиб ўтган нуфузли “AI Film Awards” халқаро танловида “Амир Темур: Болалик даври” филми энг юқори мукофотга лойиқ кўрилди.

Филм Амир Темурнинг болалик даври, унинг шаклланиш йиллари ва келажакдаги буюк сиймо сифатида вояга етиши ҳақида ҳикоя қилади.

👉 https://kun.uz/kr/42182093

Kun.uz расмий канали
  • 🔥 6
  • ❤ 1
  • 🏆 1
Post #29 463
“O‘ZBEGIM” – 100K+ ko‘rish! 🇺🇿

Aibek va Aisha ijrosidagi “O‘zbegim” klipi YouTube’da 100 mingdan ortiq ko‘rildi.

Lekin bizni video ostida qoldirilgan fikrlar juda xursand qildi. Kimdir klipdagi vizual tasvirlarni alohida e’tirof etdi, kimdir asarni yangicha his qilganini yozdi, yana kimdir AI yordamida milliy adabiyot va madaniyatni zamonaviy formatda ko‘rsatish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi.

Shu sababli eng qiziqarli izohlarni bir joyga jamladik.

“O‘zbegim” loyihasini ko‘rgan, ulashgan va o‘z fikrini qoldirgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz!

Raqamli San’at ijodiy birlashmasi.

🎞: https://youtu.be/f_fJpTnWIMQ?si=y0yBMSYilsNT8C6q
  • ❤ 4
  • 👍 2
Post #28 637
"Raqamli san'at" ijodiy birlashmamizning direktori Mirziyod Mirzaraimov "O'zbekiston" telekanali, "Oila vaqti" ko'rsatuvida o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

Ko'rsatuv davomida Aibek va Aisha ijrosidagi "O'zbegim" musiqiy klipi ustida muhokama bo'lib o'tdi va "Samarqand" musiqiy klipi televideniyada premyera qilindi.
  • 🔥 5
  • ❤ 2
Older posts →

About this channel

How can I read @raqamlisanat without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Raqamli San’at: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Raqamli San’at have?
Raqamli San’at (@raqamlisanat) has 453 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Raqamli San’at know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →