TGViewer
Raqamli San’at Raqamli San’at @raqamlisanat · 453 subscribers
Post #46 247
Aibek va Aisha

Ular “Raqamli san’at” ijodiy birlashmamiz tomonidan yaratilgan milliy AI ijodkorlardir.

Biz Aibek va Aisha ijrosida 3 ta musiqiy klip taqdim etdik. Xususan Erkin Vohidovning “O’zbegim” qasidasi asosida yaratilgan klipimiz YouTube’da 100 mingdan ortiq ko’rildi.

Ularni yaratishdan maqsad shunchaki sun’iy intellekt yordamida qo‘shiq kuylaydigan virtual qahramonlar yaratish emas. Aibek va Aisha orqali o‘zbek tarixi, adabiyoti va madaniyatini zamonaviy raqamli tilda qayta talqin qilish edi.

“O‘zbegim” klipida buyuk siymolarimiz, xalqimiz tarixi va o‘zlikni anglash haqidagi fikrlar oldinga surilgan. “Samarqandga” klipida esa Mirzo Ulug‘bekni faqat buyuk olim va hukmdor sifatida emas, balki farzand xiyonati qarshisida qolgan ota sifatida ko’rsatishga harakat qildik. Bu bilan tariximizdagi siymolarni yanada yaxshiroq tanitishni maqsad qilganmiz. “Daryo toshqin” klipimizda xalqimiz “Shum bola” filmi orqali tanigan milliy qo’shig’imiz zamonaviy taqlinda qayta jonlantirildi.

Aibek va Aisha o‘zbek adabiyoti, tarixi, musiqasi va milliy obrazlarini yangi raqamli dunyoda ko’rsatib beradigan virtual ijodkorlar. Ular milliyligimizni zamon bilan birga yangi shakllarda yashashda davom etishiga yordam beradi.

O’zbegim - https://youtu.be/f_fJpTnWIMQ
Samarqandga - https://youtu.be/rEmhK9YKOIs
Daryo toshqin - https://youtu.be/it5sOjX9y54
  • ❤ 5
  • 👍 2
  • 🔥 1
More from @raqamlisanat
  1. Oct 10, 2026«Америкалик тадқиқотчилар СИ билан аждодларимиз қиёфаларини тикламоқчи» — рақамли санъатда…
  2. Oct 7, 2026🇺🇸🇺🇿 "Raqamli San’at" ijodiy birlashmasi AQShning Albany University bilan memorandum i…
  3. Oct 6, 2026“DARYO TOSHQIN” – Aibek & Aisha O‘zbek kinosining durdonasi “Shum bola” filmi orqali barch…
  4. Oct 1, 2026🇺🇿🇺🇸O‘zbek AI maktabi endi AQShda O‘zbekistonlik AI mutaxassislari uchun xalqaro ta’li…
  5. Oct 1, 2026Xalqimizda “ustoz ko‘rgan” degan ibora faqat kimdandir dars olgan odamga nisbatan aytilmay…
  6. Sep 30, 2026♟️Shaxmat 2026. 200 tadan ortiq mamlakat. 2 mingga yaqin shaxmatchi va O‘zbekistonning g‘a…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →