Qarg‘alar uchsa qaraylik Marg'ilonning yo'liga...
Bu qo’shiq o’zbek xalqining qonli tarixini hikoya qiladi. 1875-yillarda Chor Rossiyasi askarlari tomonidan Marg‘ilonda qirg’in o’tkaziladi. Qirg’inda halok bo’lgan insonlarning jasadini dafn etishga Chor Rossiyasi ruxsat bermaydi. Bu boshqalar yuragiga qo’rquv solishning bir usuli bo’lgan.
Kunlab dafn etilmagan jasadlar atrofida qarg‘alar to‘planadi. Otasi, eri yoki farzandidan ayrilgan ayollar esa qarg’alarni quvishga, yaqinlarining jasadlarini himoya qilishga urinadi.
Shu sababli qo‘shiqdagi qarg‘alar musibat darakchisi, Marg‘ilon yo‘li esa ayriliq va iztirob manzarasi deya ifodalangan. Jasadlardan chiqayotgan badbo’y hid ularning yaqinlari uchun handalak hidiga tenglashtirilgan.
Bu qo‘shiq o‘zbek xalq og‘zaki ijodida majoz va o‘xshatishlar naqadar kuchli va ta’sirchan ekanligini ko‘rsatadi. Birgina obraz, birgina ishora orqali shunchalik katta dardni ifodalash mumkinmi? So‘zlar oddiy tuyuladi, ammo ularning ortidagi ma’noni anglaganingiz sari yuragingiz og‘riydi.
Birlashmamizning ijodiy jamoasi tomonidan tariximizdagi manashu qonli xotira zamonaviy vositalar bilan qayta tiklandi. Bu ijodiy ishimiz o‘tmishda yashab o‘tgan, bugun ismlarini bilmasak ham vatan uchun qon to’kkan insonlar xotirasiga kichik bir ehtiromdir.
📹: https://youtu.be/nWRJh2Ikk9I
Post #36
470

- 💔 10
- ❤ 5
- 👍 2