AI’ni ishlatib ko‘rish bilan uni ish quroliga aylantirish orasida katta masofa bor.
ChatGPT’ga matn yozdirolasiz, lekin har kuni ikki soatingizni olayotgan ishni u bilan qanday yengillashtirishni bilmasligingiz mumkin. AI’da video yasash oson. Lekin shu imkoniyatni mijoz chaqiradigan va daromad keltiradigan xizmatga aylantirish boshqa masala.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) ma’lumotlariga ko’ra AI’dan foydalanadigan korxonalar ulushi 2024-yildagi 14,2 foizdan 2025-yilda 20,2 foizga oshgan. O‘sish sezilarli, lekin bu hali har beshta korxonadan taxminan bittasi degani.
Siz ijtimoiy tarmoqlarda AI haqidagi kontentni ko‘p ko‘rib, hamma allaqachon undan foydalanyapti deb o’ylaysiz. Lentangizda bir mavzu ko‘payishi butun bozor shunaqa degani emas. Ya’ni AI bilan orqali o’z xizmatingizni bizneslarga taklif qilishga hali kech emas demoqchiman.
Bu uchun o‘zingiz biladigan sohadan boshlashingiz mumkin. O‘sha ishda yillar davomida orttirgan tajribangiz qayerga AI kerakligini, qayerda esa oddiyroq yechim yetarli ekanini ko‘rishga yordam beradi.
Faqat daromadni AI haqidagi bilimning o‘zi kafolatlamaydi. Siz yaratgan yechim kimningdir ishiga qanchalik foyda berishi muhim.
Post #290
44.4K
- 🏆 463