TGViewer
Channel Public Channel
Uzpharmcontrol

Uzpharmcontrol

@uzpharmcontrol

SSV huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasining rasmiy telegram kanali

Telefon: (+99871) 203-01-01

Veb-sayt: www.uzpharm-control.uz
Aloqa bot: @uzpharmcontrol_bot
Subscribers
12.7K
Photos
2.9K
Videos
903
Links
3.9K
Recent Posts 20 shown
Post #4961 1.57K
🟦🟦🟦

Ko‘pincha dori vositasining yo‘riqnomasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlar haqidagi ogohlantirishni o‘qiymizu, unga e’tibor bermaymiz.

❓ Biroq biror nojo‘ya ta’sir kuzatilsa, u haqda qayerga murojaat qilish mumkinligini bilasizmi?

“Farmakonazorat” milliy elektron axborot tizimi orqali bunday holatlar haqida bemorlar ham, shifokorlar ham xabar berishi mumkin.

💻 Tizimdan foydalanish bo‘yicha to‘liq yo‘riqnoma.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Post #4960 2.23K
⭕️⭕️⭕️⭕️

Dorixonalardan dori vositalarini BEPUL olishingiz mumkinligini bilarmidingiz?


Endi O'zbekistonda reimbursatsiya dasturi asosida ba'zi dori vositalarini davlat hisobidan bepul olishingiz mumkin. Videoni oxirigacha ko'ring va bu qanday ishlashini bilib oling!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
  • 🔥 3
  • 👍 2
  • 👌 2
  • 👏 1
Post #4959 2.35K
🟦🟦🟦

Farovonlikning ko‘rinmas bahosi: Pul maqsadga aylanganda nimalarni boy beramiz?


Bank kartasida aks etmaydigan, ammo umrning oxirida alam bilan hisob-kitob qilinadigan bir hisob bor: kechiktirilgan suhbatlar, eʼtiborsiz qolgan farzandlar va boy berilgan ishonch. Markaz mutaxassisi Ares Bayazitovning maqolasida haqiqiy farovonlik hamma narsani sotib olishda emas, balki o‘z vijdoni va yaqinlarining mehrini sotishga majbur bo‘lmaslikda ekani ochib beriladi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
  • 🔥 3
  • 👏 2
Post #4957 2.7K
4 savolga 4 javob:
Muhim maʼlumotlar eslatmasi


👍 Sifat menejment tizimlari bo‘yicha O’zMSt ISO 13485:2025 (ISO 13485:2016 IDT) milliy standartiga muvofiqlik sertifikatini berish qaysi hollarda rad etilishi mumkin? - Javob

👍 "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi qanday vazifalarni amalga oshirishini bilasizmi? - Javob

👍 Giyohvandlik vositalari va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar nazorati qanday amalga oshiriladi? - Javob

👍 Giyovandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish va olib chiqish uchun sertifikat qanday tartibda beriladi? - Javob

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
  • 👍 4
Post #4956 3.44K
💊 Читая инструкцию к лекарству, мы нередко оставляем без внимания предупреждения о возможных побочных эффектах.

❓ Но знаете ли вы, куда сообщить, если после приема препарата возникла побочная реакция?

О подобных случаях пациенты и врачи могут сообщать через национальную электронную информационную систему «Фармаконазорат».

💻 Полная инструкция по работе с системой.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
  • 👍 4
Post #4955 2.49K
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Xalqaro ekspertlar guruhi Markazda amaliy faoliyatini boshlamoqda


O‘zbekistonda farmatsevtika mahsulotlarini tartibga solish tizimini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish va 2028-yilga qadar JSSTning uchinchi yetuklik darajasi (ML3) ga erishish maqsadida Dragoș Guțu boshchiligidagi xalqaro ekspertlar guruhi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida amaliy faoliyatini boshlamoqda.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
  • 🔥 7
Post #4954 2.6K
🟢🟦🟦🟦

Nojo‘ya reaksiyalarni qayd etish tizimi


Yurtimizda farmatsevtika sohasida muhim yangiliklardan biri — dori vositalarining nojo‘ya reaksiyalarini qayd etish va monitoring qilish tizimi to‘liq raqamli shaklga o‘tkazildi. Sog‘liqni saqlash vazirining 2026-yil 21-yanvardagi 15-son buyrug‘iga muvofiq, nojo‘ya reaksiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish hamda ularni yagona elektron platforma orqali yuritish tartibi joriy etildi.

Mazkur tizim farmakonazorat jarayonlarini markazlashtirish, ma’lumotlar sifatini oshirish hamda nojo‘ya reaksiyalar haqidagi xabarlarni tezkor va ishonchli tarzda qabul qilish imkonini bermoqda. Bugungi kunda tibbiyot va farmatsevtika xodimlari aniqlangan holatlarni yagona platforma orqali tizimli ravishda ro‘yxatdan o‘tkazib kelmoqda.


Tizimdan foydalanishni yanada qulaylashtirish maqsadida maxsus videoqo‘llanma ishlab chiqildi. Unda foydalanuvchilar uchun tizimga kirish, nojo‘ya reaksiyalar haqida elektron xabarni shakllantirish, zarur ma’lumotlarni to‘g‘ri kiritish va yuborish jarayonlari bosqichma-bosqich amaliy tarzda tushuntirilgan.

Eslatib o'tamiz, hozirda ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi egalari tomonidan tayinlangan farmakonazorat bo‘yicha mas’ul shaxslar uchun ham nojo‘ya reaksiyalar haqida mustaqil xabar yuborish imkoniyatini joriy etish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
  • 👍 6
Post #4953 1.98K

Forwarded from Saida Mirziyoyeva

Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosasiz bo‘lishi shart. O‘zbekiston Prezidenti birdaniga 5 ta kodeks va 6 ta qonunga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi.

Bolaga zulm qilgan, unga jismoniy yoki ruhiy azob bergan har bir kimsa — u xoh ta’lim muassasasi xodimi bo‘lsin, xoh yaqin qarindoshi — javobgarlikka tortiladi. Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan jinoyatlar uchun berilgan jazo aslo yengillashtirilmaydi.

Bundan buyon 14 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanadi. Bunday og‘ir jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish muddatida cheklov bo‘lmaydi.

Yosh bolaning xavfsizligi shart-sharoit yoki vaziyatlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin emas. Bolalar hayoti, sog‘lig‘i, or-nomusiga tajovuz qilgan har qanday kimsa qat’iy jazodan qochib qutula olmasligini bilishi shart.

—

Насилие над ребёнком неприемлемо, а наказание должно быть суровым. Президент Узбекистана подписал закон, предусматривающий изменения сразу в 5 кодексах и 6 законах.

Ответственность понесёт каждый, кто причинит вред и боль ребёнку: от сотрудников образовательных учреждений до родных, совершивших насилие. За любое преступление, которое повлечёт смерть ребёнка, не будет никаких смягчений.

Отныне лицам, совершившим сексуальное насилие над ребёнком младше 14 лет, грозит до 25 лет или пожизненное заключение. Срока давности по таким преступлениям не будет.

Безопасность ребёнка не может зависеть от обстоятельств. Каждый, кто посягнёт на жизнь, здоровье и достоинство детей, должен знать, что от строгого наказания он не уйдёт.
  • 👍 12
  • 🔥 7
Post #4952 2.42K
🟦🟦🟦

Hindiston farmatsevtika korxonalari vakillari ishtirokida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va GMP inspeksiyasi masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi


Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida Hindiston farmatsevtika korxonalari vakillari ishtirokida dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va GMP inspeksiyasini o‘tkazish tartiblariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Markaz rahbari ishtirokida o‘tgan tadbirda oflayn va onlayn formatlarda 100 ga yaqin ishtirokchi qatnashib, sohadagi amaldagi talablar, hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi hamda amaliy masalalar yuzasidan fikr almashdi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
  • 👍 7
  • 👏 3
  • 🔥 2
  • 👌 1
Post #4951 2.85K
🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Bugungi kunda sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish, dori vositalari muomalasida shaffoflikni ta’minlash va aholiga qulay xizmat ko‘rsatish muhim vazifalardan biridir. Shu yo‘nalishdagi muhim yangiliklardan biri — “Elektron retsept” tizimining joriy etilishidir.

Xo‘sh, bu borada hozirgi kunda qanday ishlar amalga oshirilmoqda?


Sog'liqni saqlash vazirligida tashkil etilgan brifingda "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi mutaxassisi Dilnoza Kamolova shu xususda batafsil ma’lumot berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
  • 👍 3
  • ⚡ 2
  • 🔥 2
Post #4950 3.13K
Для индийских производителей и заявителей будет организован семинар

14 октября текущего года в 16:00 в Большом актовом зале здания Центра безопасности фармацевтической продукции состоится семинар с участием индийских производителей и заявителей.

В ходе мероприятия участникам будет представлена подробная информация о порядке государственной регистрации лекарственных средств, а также о порядке проведения GMP-инспекций Центром надлежащих практик.

Принять участие в семинаре также можно онлайн на платформе ZOOM по ссылке.

📼 Идентификатор: 818 5823 2900
📼 Код доступа: 331578
📼 Адрес: зал заседаний Центра безопасности фармацевтической продукции. (местоположение)

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
  • 👍 1
  • 🔥 1
Post #4949 2.95K
⭕️⭕️⭕️

Hindiston ishlab chiqaruvchilari va ariza beruvchilar uchun seminar tashkil etiladi

Joriy yilning 14-oktabr kuni soat 16:00 da Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi binosining Katta faollar zalida Hindiston ishlab chiqaruvchilari hamda ariza beruvchilar ishtirokida seminar bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi, shuningdek, Zarur amaliyotlar markazi tomonidan GMP inspeksiyasini o‘tkazish tartiblari yuzasidan batafsil ma’lumot beriladi.

Seminarda quyidagi havola orqali ZOOM platformasida ham ishtirok etish mumkin:

📼 Identifikator: 818 5823 2900
📼 Kirish kaliti: 331578
📼 Manzil: Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi majlislar zali (location)

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Post #4948 3.47K
🟦🟦🟦

“ZUMA PHARMA” MCHJ VA “UZGERMED PHARM” MCHJ QK vakilllari bilan ochiq muloqot o'tkazildi

Mahalliy farmatsevtika ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlash va dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonidagi masalalarni hal etish maqsadida bugun mas’ul idoralar hamda korxonalar vakillari ishtirokida onlayn muloqot o‘tkazildi. Unda jami 10 nomdagi dori vositasi bo‘yicha tegishli masalalar ko‘rib chiqildi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
  • 👍 8
  • ⚡ 2
  • 🔥 1
  • 👏 1
Post #4947 3.96K
🟦🟦🟦

Dorixonalar faoliyati nazoratida qanday qonunbuzilishlar aniqlandi?


Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi mutaxassisi Dilnoza Kamolova UzReport TV’ning “Ochig’ini aytganda” ko‘rsatuvida joriy yilning birinchi yarmida dori xonalarida o‘tkazilgan tekshiruvlar va aniqlangan qonunbuzilish holatlari haqida ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, respublika bo‘ylab jami 634 ta tekshiruv o‘tkazilib, 64 ta litsenziyani bekor qilish bo‘yicha sudlarga murojaat qilingan va ularning 33 tasi bekor qilingan. Mutaxassis tadbirkorlik subyektlari faoliyatini nazorat qilish, litsenziya talablari va shartlarining buzilishi hamda retseptsiz dori vositalarini sotish holatlarining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, xavfni tahlil qilish tizimi haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
  • 👍 2
  • 👌 1
Post #4946 3.67K
🟦🟦🟦🟦🟦

Hurmatli yurtdoshlar!


Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning shaffofligi, xolisligi va sifatini baholash, shuningdek, faoliyat jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaviy xavflarni aniqlash va ularning oldini olish maqsadida anonim so‘rovnoma o‘tkazilmoqda. Sizning fikringiz biz uchun muhim.

Bir necha daqiqangizni ajratib, so‘rovnomada ishtirok etishingizni so‘raymiz. So‘rovnoma to‘liq anonim tarzda o‘tkaziladi, F.I.Sh. ma’lumotlarini ko‘rsatish ixtiyoriy bo‘lib, Google akkaunt ma’lumotlaringiz yig‘ilmaydi.

So‘rovnoma natijalari faqat umumlashtirilgan holda tahlil qilinadi. Unda Markaz tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va shaffofligi, xodimlarning xolisligi, xizmat ko‘rsatish jarayonidagi byurokratik to‘siqlar hamda korrupsiyaviy xavflarning oldini olishga oid savollar o‘rin olgan.

So‘rovnomada ishtirok etish uchun
quyidagi havolaga o‘ting.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Post #4945 3.31K
📍 Yangi Toshkentda har oy ochiq muloqot o‘tkaziladi

“Qurilish sohasi bo‘yicha o‘zgarishlar bo‘ldi desak, loyihalashtirish bo‘yicha, arxitektura bo‘yicha shoshilmadik, ochiq gap, izlandik. Lekin hali o‘rganishimiz kerak bo‘lgan narsalarimiz juda ko‘p.

Qurilishning eng katta ma’no-mazmuni bir narsaga bog‘liq. Bizga 100 yildan keyin ham odamlar to‘g‘ri baho berishi kerak”, — dedi Prezident.


Prezidentimiz Yangi Toshkentning master rejasi mukammal shahar qurish uchun ishlab chiqilganini, biroq u sarmoyadorlar tashabbusiga to‘siq bo‘lmasligi kerakligini ta’kidladi. Agar o‘ziga xos loyiha shahar manfaatiga xizmat qilsa, lot maydoni yoki obyekt turini o‘zgartirish haqidagi taklif qo‘llab-quvvatlanishi lozimligi qayd etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Post #4944 3.68K
🟦🟦🟦

Elektron retsept: Endi qog‘oz retseptlar kerak emasmi?

 
Yurtimizda elektron retsept tizimi nima uchun joriy etilmoqda? U bemorlar, shifokorlar va dorixonalar faoliyatida qanday o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi?

Sog'liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmatiing “Audiopodkast” loyihasi navbatdagi sonida elektron retsept tizimining mazmun-mohiyati, uning asosiy maqsadlari va aholi uchun yaratiladigan qulayliklar haqida batafsil so‘z yuritiladi.

Ekspert — Dilnoza Kamolova, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi mutaxassisi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
  • 👍 5
  • 🔥 4
  • 👏 4
Post #4943 3.45K
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentga tashrif buyurib, bu yerda yirik loyihalarni amalga oshirayotgan investor va tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazadi. Tadbir doirasida davlatimiz rahbari Yangi Toshkent hududidagi bir qator obyektlarni ishga tushirish va qurilishini boshlash marosimida ishtirok etadi.
—
Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Новый Ташкент, где проведет встречу с инвесторами и предпринимателями, реализующими здесь крупные проекты. В рамках мероприятия глава нашего государства примет участие в церемонии ввода в эксплуатацию и начала строительства ряда объектов на территории Нового Ташкента.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
  • 👍 3
  • 🔥 2
  • 👏 2
Post #4942 2.84K
🟦🟦🟦🟦🟦

O‘tgan haftada "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi faoliyatida ro‘y bergan muhim voqealar:


😎 Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va farminspeksiya boshqarmasi tomonidan respublikamiz hududida farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega korxonalar va tashkilotlar soniga oid statistik maʼlumotlar yangilandi

😎 Samarqand viloyatida “Farmakonazorat” milliy elektron axborot tizimi bo‘yicha o‘quv-seminarlar o‘tkazildi

😎 Farmatsevtika mahsulotlarini sinash sohasida yangi bosqich: Sinov markazi malaka sinovlari provayderi sifatida akkreditatsiyadan o‘tdi

😎 Davlat organlari va tashkilotlarining, davlat ishtirokidagi korxonalarning komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati tartibga solindi

😎 Urganchda Markazning zamonaviy farmatsevtika laboratoriyasi ishga tushirildi

😎 Tibbiy jihozlarni ro‘yxatdan o‘tkazish: Markaz rahbariyati ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi

😎 O‘zbekistonning farmatsevtika sohasidagi islohotlari xalqaro maydonda taqdim etildi

😎 O‘zbekiston – Qozog‘iston: tibbiyotdagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari belgilab olindi

😎 Yoshlarning ilmiy salohiyati e’tirofi: Xurshid Tursunov dotsent ilmiy unvoniga erishdi

😎 Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida zamonaviy instrumental tahlil usullariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

😎 JSST bilan amaliy hamkorlik yanada kengayadi

😎 Markazning Tibbiy jihozlar sifatini nazorat qilish laboratoriyasi qayta akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi

😎 Farmatsevtika mahsulotlari
xavfsizligi markazi Matbuot xizmati


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
  • 👍 3
  • ⚡ 2
  • 👏 2
Post #4941 3.54K
Markazning Tibbiy jihozlar sifatini nazorat qilish laboratoriyasi qayta akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tarkibidagi Tibbiy jihozlar sifatini nazorat qilish laboratoriyasi ISO/IEC 17025 xalqaro standarti bo‘yicha qayta akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi. Natijada laboratoriyaning xalqaro standartlar asosida sinov o‘tkazish bo‘yicha texnik kompetentligi tasdiqlanib, 37 ta yangi xalqaro standart talablari asosida sinovlarni amalga oshirish bo‘yicha akkreditatsiya sohasi kengaytirildi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
  • 👍 17
  • ⚡ 4
  • 🔥 4
Older posts →

About this channel

How can I read @uzpharmcontrol without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Uzpharmcontrol: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Uzpharmcontrol have?
Uzpharmcontrol (@uzpharmcontrol) has 12.7K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Uzpharmcontrol know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →