🟦🟦🟦
Samarqand viloyatida “Farmakonazorat” milliy elektron axborot tizimi bo‘yicha o‘quv-seminarlar o‘tkazildi
Samarqand viloyatidagi tibbiyot muassasalari xodimlari uchun farmakologik nazorat sohasiga bag‘ishlangan keng qamrovli o‘quv-seminarlar o‘tkazildi. Unda jami 1 600 nafar tibbiyot xodimi qamrab olinib, ularga dori vositalarining nojo‘ya reaksiyalarini aniqlash, qayd etish, baholash va belgilangan tartibda xabar berish, shuningdek, “Farmakonazorat” milliy elektron axborot tizimidan foydalanish bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi.
Seminarlar davomida farmakologik nazorat talablarini amaliyotga samarali joriy etish, nojo‘ya reaksiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tizimga to‘g‘ri, to‘liq va o‘z vaqtida kiritish hamda jiddiy nojo‘ya reaksiyalar yuzasidan tezkor xabar berish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Post #4919
3.65K