Markazning Tibbiy jihozlar sifatini nazorat qilish laboratoriyasi qayta akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tarkibidagi Tibbiy jihozlar sifatini nazorat qilish laboratoriyasi ISO/IEC 17025 xalqaro standarti bo‘yicha qayta akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi. Natijada laboratoriyaning xalqaro standartlar asosida sinov o‘tkazish bo‘yicha texnik kompetentligi tasdiqlanib, 37 ta yangi xalqaro standart talablari asosida sinovlarni amalga oshirish bo‘yicha akkreditatsiya sohasi kengaytirildi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Post #4941
3.55K

- 👍 17
- ⚡ 4
- 🔥 4