TGViewer
Uzpharmcontrol Uzpharmcontrol @uzpharmcontrol · 12.7K subscribers
Post #4928 2.78K
🟦🟦🟦🟦🟦

O‘zbekistonning farmatsevtika sohasidagi islohotlari xalqaro maydonda taqdim etildi


O‘zbekiston Prezidenti tomonidan sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish va farmatsevtika sohasini xalqaro talablar asosida rivojlantirishga qaratilgan islohotlar xalqaro konferensiyada taqdim etildi.

Turkmanistonning “Avaza” milliy turistik zonasida “Aholining sog‘liqni saqlash xizmatlari bilan umumiy qamrovi va barqaror rivojlanish maqsadlari” mavzusidagi II xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi.

Konferensiyada MDH davlatlari sog‘liqni saqlash vazirlari, parlamentlar, JSST, MDH hamda boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi. Yalpi majlisda Eldor Adilov O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordamni kuchaytirish, raqamlashtirish va aholining tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni taqdim etdi.


Konferensiyaning II sessiyasida"Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" DM direktori Alisher Temirov “O‘zbekistonda farmatsevtika sohasini tartibga solishdagi islohotlar” mavzusida ma’ruza qildi. Unda farmatsevtika bozorini tartibga solish tizimini takomillashtirish, dori vositalarining sifati va xavfsizligini ta’minlash hamda zamonaviy regulyator mexanizmlarni joriy etish bo‘yicha O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar xalqaro ishtirokchilarga taqdim etildi.

Shunigdek konferensiya doirasida sog‘liqni saqlash sohasida davlatlararo hamkorlikni kuchaytirish, dori vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va milliy tajribalarni almashish masalalari ham atroflicha muhokama qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
  • 🔥 13
  • ⚡ 6
  • 👍 4
More from @uzpharmcontrol
  1. Oct 16, 2026🟦🟦🟦 Ko‘pincha dori vositasining yo‘riqnomasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta…
  2. Oct 16, 2026⭕️⭕️⭕️⭕️ Dorixonalardan dori vositalarini BEPUL olishingiz mumkinligini bilarmidingiz? End…
  3. Oct 16, 2026🟦🟦🟦 Farovonlikning ko‘rinmas bahosi: Pul maqsadga aylanganda nimalarni boy beramiz? Ban…
  4. Oct 16, 20264 savolga 4 javob: Muhim maʼlumotlar eslatmasi 👍 Sifat menejment tizimlari bo‘yicha O’zMS…
  5. Oct 15, 2026💊 Читая инструкцию к лекарству, мы нередко оставляем без внимания предупреждения о возмож…
  6. Oct 15, 2026🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 Xalqaro ekspertlar guruhi Markazda amaliy faoliyatini boshlamoqda O‘zbekist…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →