TGViewer
Uzpharmcontrol Uzpharmcontrol @uzpharmcontrol · 12.7K subscribers
Post #4954 2.49K
🟢🟦🟦🟦

Nojo‘ya reaksiyalarni qayd etish tizimi


Yurtimizda farmatsevtika sohasida muhim yangiliklardan biri — dori vositalarining nojo‘ya reaksiyalarini qayd etish va monitoring qilish tizimi to‘liq raqamli shaklga o‘tkazildi. Sog‘liqni saqlash vazirining 2026-yil 21-yanvardagi 15-son buyrug‘iga muvofiq, nojo‘ya reaksiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish hamda ularni yagona elektron platforma orqali yuritish tartibi joriy etildi.

Mazkur tizim farmakonazorat jarayonlarini markazlashtirish, ma’lumotlar sifatini oshirish hamda nojo‘ya reaksiyalar haqidagi xabarlarni tezkor va ishonchli tarzda qabul qilish imkonini bermoqda. Bugungi kunda tibbiyot va farmatsevtika xodimlari aniqlangan holatlarni yagona platforma orqali tizimli ravishda ro‘yxatdan o‘tkazib kelmoqda.


Tizimdan foydalanishni yanada qulaylashtirish maqsadida maxsus videoqo‘llanma ishlab chiqildi. Unda foydalanuvchilar uchun tizimga kirish, nojo‘ya reaksiyalar haqida elektron xabarni shakllantirish, zarur ma’lumotlarni to‘g‘ri kiritish va yuborish jarayonlari bosqichma-bosqich amaliy tarzda tushuntirilgan.

Eslatib o'tamiz, hozirda ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi egalari tomonidan tayinlangan farmakonazorat bo‘yicha mas’ul shaxslar uchun ham nojo‘ya reaksiyalar haqida mustaqil xabar yuborish imkoniyatini joriy etish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
  • 👍 6
More from @uzpharmcontrol
  1. Oct 16, 2026🟦🟦🟦 Farovonlikning ko‘rinmas bahosi: Pul maqsadga aylanganda nimalarni boy beramiz? Ban…
  2. Oct 16, 20264 savolga 4 javob: Muhim maʼlumotlar eslatmasi 👍 Sifat menejment tizimlari bo‘yicha O’zMS…
  3. Oct 15, 2026💊 Читая инструкцию к лекарству, мы нередко оставляем без внимания предупреждения о возмож…
  4. Oct 15, 2026🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 Xalqaro ekspertlar guruhi Markazda amaliy faoliyatini boshlamoqda O‘zbekist…
  5. Oct 14, 2026Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosa…
  6. Oct 14, 2026🟦🟦🟦 Hindiston farmatsevtika korxonalari vakillari ishtirokida davlat ro‘yxatidan o‘tkaz…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →