🟦🟦🟦
Yoshlarning ilmiy salohiyati e’tirofi: Xurshid Tursunov dotsent ilmiy unvoniga erishdi
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Dori vositalari sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyasi mudiri Xurshid Tursunov “Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi.
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy izlanishlar uchun keng imkoniyatlar yaratish siyosati hamda Markaz rahbariyati tomonidan xodimlarning kasbiy va ilmiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor soha mutaxassislarining yangi yutuqlarga erishishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Markaz jamoasi Xurshid Tursunovni ushbu yutuq bilan tabriklab, kelgusi ilmiy va kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi!
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Post #4935
3.29K

- 👍 34
- 🔥 9
- ⚡ 2