“Qurilish sohasi bo‘yicha o‘zgarishlar bo‘ldi desak, loyihalashtirish bo‘yicha, arxitektura bo‘yicha shoshilmadik, ochiq gap, izlandik. Lekin hali o‘rganishimiz kerak bo‘lgan narsalarimiz juda ko‘p.
Qurilishning eng katta ma’no-mazmuni bir narsaga bog‘liq. Bizga 100 yildan keyin ham odamlar to‘g‘ri baho berishi kerak”, — dedi Prezident.
Prezidentimiz Yangi Toshkentning master rejasi mukammal shahar qurish uchun ishlab chiqilganini, biroq u sarmoyadorlar tashabbusiga to‘siq bo‘lmasligi kerakligini ta’kidladi. Agar o‘ziga xos loyiha shahar manfaatiga xizmat qilsa, lot maydoni yoki obyekt turini o‘zgartirish haqidagi taklif qo‘llab-quvvatlanishi lozimligi qayd etildi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube