TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #2556 6.61K
​​Igna bilan bitadigan ishga juvoldiz tiqma: “juvoldiz” nima?

Bu maqolni qisqa qilib farosatni ishlatishga chaqiriq deyish mumkin. Igna oʻrniga juvoldizdan foydalanish – qoʻpollik, aqlni tejash belgisi. Juvoldiz qop tikish uchun ishlatiladigan yoʻgʻon, egik ignani bildiradi. Qop tikadigan igna bilan kiyim tikilsa, kiyimning sifati qopday boʻlib qolishi aniq.

Hozir bunday ignalar turmushimizda ishlatilmaydi. Shu sababli soʻz ham isteʼmoldan chiqqan. Badiiy asarlarda, maqollardagina uchraydi. Lekin maʼnosini bilish kerak. Shunda jumlani toʻla-toʻkis anglaysiz:

Soʻngra lattaga oʻralgan ikkita juvoldizni yerdan olib, ikkalasini terakka sanchdi.
M. Osim, “Karvon yoʻllarida”.

Oʻktam... supachada oʻtirib, juvoldiz bilan yirtiq qop-qanorlarni tikayotgan kampir qoshiga keldi.
Oybek, “Oltin vodiydan shabadalar”.

“Devonu lugʻatit-turk”da juvoldiz soʻziga maʼnodosh sifatida teman yigna birikmasi qoʻllangan. Obunachilarimiz yozishicha, baʼzi hududlarda tevana, tabana, taban igna kabi atamalar ishlatilar ekan. Bular Koshgʻariy izohlagan soʻzning tovush oʻzgarishiga uchragan shakllari ekani aniq koʻrinib turibdi.

🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 “Voronka”ning oʻzbekchasi bormi?
🔹 “Munchoq” soʻzining kechmishi
🔹 “Parol” soʻzining oʻzbekchasi
🔹 Chiroyli koʻzlar va kirpi
🔹 Notavon koʻngilga qoʻtir jomashov

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 33
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →