TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1783 2.97K
“Munchoq” soʻzining kechmishi

Munchoq asosan ziynat uchun ipga tizib, boʻyinga yoki bilakka taqiladigan buyum. U dumaloq yoki boshqa shakldagi donalardan tashkil topadi.

Oʻzbek tilining etimologik lugʻatiga koʻra, bu soʻz asli qadimgi turkiy tilda boyun otining moyun shaklidan -chuq qoʻshimchasi bilan hosil qilingan. Keyinroq soʻz tovush oʻzgarishlariga uchragan: boyun > moyun + chuq = moyunchuq > monchuq > munchuq > munchaq > munchoq.

“Devonu lugʻatit turk”da boʻyun soʻzi ham, munchaq soʻzi ham uchraydi. Demak, tovush oʻzgarishlari Mahmud Koshgʻariy yashagan davrdan oldin yuz bergan. Lugʻatda munchaqlandi soʻzi shunday izohlangan: qiz munchaqlandi – qiz munchoq taqadigan, dur va boshqa ziynatli boʻldi, munchoq taqdi.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 2
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →