Notavon koʻngilga qoʻtir jomashov
#Soʻragan_edingiz
Oʻz hol-qudratidan, imkoniyatidan baland narsalarni, oʻziga nomunosib narsalarni, har bir narsaning eng yaxshisini, eng zoʻrini istaydigan, orzu qiladigan (masalan, “Podshoning qizini olaman” degan xom xayol bilan yuradigan) odamni “notavon koʻngil” deb mazax qiladilar.
Jomashov – kir yuvadigan sopol togʻora. Ichi gʻadir-budur, kir yuvganda qoʻlni va kiyim-kechakni yulib ketadigan shunday togʻorani “qoʻtir jomashov” deydilar. Bozorda qoʻtir jomoshovni xaridorlar siypab koʻrib, olmay tashlab ketaverar edilar.
Mazkur maqol bilan: “Oʻziga nomunosib narsalarni istovchi, orzu qiluvchi notavon koʻngilga yaroqsiz, hech kim olmaydigan qoʻtir jomashov ham tegmaydi”, demoqchi boʻladilar. Bu maqolni “Magʻzava koʻngilga qoʻtir jomashov” deb ham qoʻllaydilar. Magʻzava – kir yuvilgan sovunli suv, koʻchma maʼnoda – ezma, shalviragan, lanj, iflos, yaramas odam.
“Hikmatnoma. Oʻzbek maqollarining izohli lugʻati” kitobidan
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #2031
5.43K
- 👍 25
- 🔥 4
- 😱 3