TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #863 1.74K
Chiroyli koʻzlar va kirpi

Tipratikan
shevada kirpi va kirpitikan ham deyiladi. Bu jonivor tanasining orqa va yon tomonlari tikanlar bilan qoplangan. Biror xavf sezganda boshi va oyoqlarini yigʻib, gʻujanak boʻlib oladi, yum-yumaloq tikanga aylanadi.

Xoʻsh, kirpi soʻzi nimani anglatadi? Bu sutemizuvchiga nega kirpi deb nom berilgan?

Kirpi soʻzi ham tikan maʼnosida. Soʻz tarkibidagi kir shunga dalolat qiladi. Tikan – oʻsimliklarning, shuningdek, baʼzi hayvonlarning ingichka uchli, ninasimon aʼzosi. Uning eng asosiy belgisi – inson tanasiga oson kirishi va azoblashi.

Xoʻsh, chiroyli koʻzlar bilan kirpining nima aloqasi bor? Chiroyli koʻzning asosiy belgilaridan biri uzun kipriklardir.

Kiprik soʻzini Mahmud Koshgʻariy kirpik shaklida keltiradi. Soʻz dastlab shunday koʻrinishda boʻlgan, keyinchalik fonetik oʻzgarishga uchragan. Yogʻmur yomgʻirga aylangani kabi kirpik kiprikka doʻngan. Bu aʼzo ham xuddi tikanga oʻxshash boʻlgani uchun unga kirpik deb nom berilgan.

Sheʼriyatda yor kiprigi oshiq yuragiga tikandek sanchilishi tashbehi ishlatiladi. Demak, bu oʻxshatish shunchaki muqoyasa emas, uning lugʻaviy asoslari ham bor.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 3
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →