TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #2641 6.21K
Noyob soʻzlar: qumanjir

Balki, bu soʻzni birinchi marta eshitib turgandirsiz. U issiq mamlakatlarda oʻsadigan, etdor poyali, toʻp-toʻp tikanaklardan iborat bargli oʻsimlikni anglatadi. Baribir uncha tushunarli boʻlmadi-a? Hozir sinonimini aytaman, darrov fahmlaysiz. Gap siz-u bizga yaxshi tanish kaktus haqida ketyapti. Ha, kaktusning oʻzbekchasi qumanjir. Izohli lugʻatda ham, ruscha-oʻzbekcha lugʻatda ham bunga dalil bor. Ishlatmaganimiz uchun begonalashgan xolos.

Kaktus soʻzi yunoncha kaktos soʻzidan. U asliyatda tikanli yovvoyi oʻsimlik – qushqoʻnmasni anglatgan. Kaktus atamasini fanda ilk bor 1737-yili biolog olim Karl Len ishlatgan. U bu nom bilan barcha oʻtkir tikanli oʻsimliklarni nazarda tutgan.

🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 Oʻzbekchasi boʻlaturib, ishlatilmaydi – oʻzimizning “begona” soʻzlar
🔹 “Namoz” soʻzining oʻzbekchasi
🔹 “Million”ning oʻzbekchasi nima?

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 🔥 20
  • 👍 18
  • 💯 1
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →