TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #997 2.76K
“Million”ning oʻzbekchasi nima?

Qadimgi turkiy tilda sonlar sof turkiycha boʻlgan. Keyinchalik juda katta sonlarni, jumladan, million va milliardni bildiruvchi soʻzlar boshqa tillardan kirib kelgan. Lekin bundan ming yil oldin ham turkiy tilda millionni ifodalash mumkin boʻlgan.

Eski oʻzbek tilida tuman soʻzi oʻn mingni bildirgan. “Devonu lugʻatit turk”da tuman ming soʻzi ming-ming, ming tuman, ming marta ming, bir million deb izohlangan.

Bobur Hindistonning moddiy boyliklari koʻpligini, katta miqdorni anglatuvchi sonlari borligi ham shundan dalolat ekanini taʼkidlaydi: “Yana hind eli adadni ham xoʻb tayin qilibturlar: yuz mingni lak derlar, yuz lakni kurur derlar. Yuz kururni arb derlar. Yuz arbni karb, yuz karbni nil, yuz nilni padam, yuz padamni song. Bu adadlarning tayini Hinduston molining koʻplugining dalilidur”.


Lak soʻzi Boburdan oldin yashagan adiblar ijodida ham uchraydi. Alisher Navoiy bir millionni oʻn lak soʻzi bilan ifoda etgan. Badiiy adabiyotda uchraydigan lak-lak soʻzi millionlab, milliardlab maʼnosini beradi. Agar uni yuz mingta yuz ming deb tushunilsa, oʻn milliardga toʻgʻri keladi.

📌 Demak:
Oʻn milliard – lak-lak.
Bir million – tuman ming, oʻn lak.
Yuz ming – bir lak, oʻn tuman.
Oʻn ming – tuman.

Turkiy tilda katta sonlarni ifodalagan yana boshqa soʻzlarni bilsangiz, izohlarda qoldiring.

👉 Toʻliq oʻqish

@oriftolib | Sahifalarimiz
Telegram Orif Tolib Yuziga qarama, fazilatiga qara “Devonu lugʻatit turk” maqollaridan Azgulukni suv azaqinda kemish bashinda tila – Xalqqa yaxshilik qil, uni suv tagiga tashlasang-da, suv ustida koʻrasan. Boshqa maʼnosi – ovqat-nonni daryo tagiga tashlasang ham, ustida topasan.…
  • 👍 7
  • 😱 2
  • 🔥 1
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →