TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #261 2.12K
Yuziga qarama, fazilatiga qara

“Devonu lugʻatit turk” maqollaridan

Azgulukni suv azaqinda kemish bashinda tila – Xalqqa yaxshilik qil, uni suv tagiga tashlasang-da, suv ustida koʻrasan. Boshqa maʼnosi – ovqat-nonni daryo tagiga tashlasang ham, ustida topasan.

Barigʻ oʻtru tutsa, yoʻqqa sanmas – Dasturxonga boringni qoʻysang, mehmon yoʻqqa sanamas.

Tilin tugmishni tishin yazmas – Til bilan tugilganni tish bilan yechib boʻlmaydi.

Soʻkushub urushur, oʻrta toʻn titishur – Soʻkishdan urishish boshlanadi. Oʻrtada toʻn yirtiladi.

Ikki bugʻra ikashur, oʻtra koʻgakun yanchilur – Ikki aygʻir olishadi, oralarida soʻna halok boʻladi.

Kuch aldin kirsa, toʻru tungluktan chiqar – Zulm eshikdan kirsa, insof tuynukdan chiqadi.

Evlik toʻygʻursa, koʻzi yoʻlqa boʻlur – Uy egasi mehmonni toʻydirsa, mehmon ketishga otlanib, koʻzi yoʻlda boʻladi.

Kichikda qatigʻlansa, ulgʻazu sevnur – Yoshlikda tirishib harakat qilgan odam ulgʻaygach sevinadi.

Bip qargʻa bipla qish kelmas – Bir qargʻa bilan qish kelmaydi.

Tutushmagincha tuzulmas, tubirmagincha achilmas – Urushmaguncha, qarshilashmaguncha yarash boʻlmaydi, shamol qoʻzgʻolmaguncha havo ochilmaydi.

Elik tutgʻincha oʻt tut – Kafil boʻlgandan olovni ushlagan yaxshidir. Chunki kafil boʻlgan kishi soʻng attang qiladi.

Evak evga tegmas – Shoshgan kishi uyiga yeta olmaydi.

Kuz keligi yazin belkoʻrar – Kuzning kelishi yozda maʼlum boʻladi.

Koʻkka sagʻursa, yuzga tushur – Osmonga tupursa, yuzga tushar.

Mush yaqriqa tegishmas, ayur: “Kishi nengi yarashmas” – Mushuk mixga osilgan yogʻga yetolmay: “Birovning moli yarashmaydi”, deydi.

Erdamsizdan qut chertilir – Odobsiz kishidan baxt va davlat ketadi.

Tagʻ tagʻqa qavushmas, kishi kishiga qavushur – Togʻ togʻ bilan uchrashmaydi, odam odam bilan uchrashadi.

Tevey silkinsa, eshakka yoʻk chiqar – Tuya silkinsa, undan bir eshakning yuki chiqadi.

Yugʻurqanda ortuq ayaq kusulsa ushiyur – Odam oyogʻini koʻrpasidan ortiq uzatsa, oyogʻi uvishadi, sovuq qotadi.

Taygʻan yugurganni tilku sevmas – Yugurik tozini tulki sevmaydi.

Evak singak sutka tushur – Shoshqaloq pashsha sutga tushadi.

Tatsiz turk boʻlmas, bashsiz boʻrk boʻlmas – Boshsiz boʻrk boʻlmagani kabi forssiz turk boʻlmaydi.

Yuzga koʻrma, erdam tila – Yuziga qarama, fazilatiga qara.

Tikmagincha unmas, tilamagincha boʻlmas – Ekilmaguncha hosil unmaydi, maqsad esa ketidan yurib istalmaguncha qoʻlga kirmaydi.


Orif Tolib tayyorladi.

“Yoshlik” jurnalining 2015-yil 12-sonida chop etilgan.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 🔥 4
  • 👍 2
  • 😎 1
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →