TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1117 5.46K
Qofiya nima?

Ijod bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan kishi qofiya, vazn, turoq kabi sheʼrning shakliy qonun-qoidalarini bilib olishi kerak. Qofiyadagi kamchiliklar sheʼrning mazmuni, sifati va taʼsir kuchiga putur yetkazishi mumkin. Umuman, bu borada bilim-tasavvurga ega boʻlish oʻqimishli kishi uchun foydadan xoli emas.

Eski oʻzbek tilining eng ulugʻ targʻibotchisi, milliy adabiyotimizning piri komili Alisher Navoiyning tugʻilgan kuni arafasida adabiyot haqida bilganlarimni yosh ijodkorlar va qiziqqanlar uchun soddaroq tilda tushuntirishni niyat qildim.

Zamonaviy tilshunoslik va adabiyotshunoslik asoschilaridan biri Abdurauf Fitrat qofiyaning sheʼriy misralar bezagi ekani, majburiy sharti emasligini aytadi. Eng muhimi, sheʼr insonni toʻlqinlantirishi, unda fikr va taʼsirlanish uygʻota olishi kerak deb hisoblaydi olim. Xuddi shunday. Agar shu talabga javob bersa, qofiyasiz ham u yaxshi sheʼr sanalaveradi. Biroq bunday sheʼrlar juda kam, uni chinakam sheʼr sanʼatkorlarigina yoza oladi. Biz biladigan sheʼrlar esa asosan qofiyali, qofiyasiz yozilgani bilan taʼsirlantiruvchi boʻlib qolmaydi. Baʼzida qofiyaning oʻzi ham estetik zavq, tuygʻu uygʻotishi mumkin. Oddiy soʻzlashuv tilida, maqollarda, reklamalarda ham koʻpincha qofiyali jumlalar ishlatiladi. Chunki qofiyali gap tez esda qoladi, ohangdorligi bilan eʼtiborni tortadi.

Mumtoz adabiyotga qofiyaga alohida eʼtibor qaratilgan, hatto bu mavzuga bagʻishlangan ilmi qofiya sohasi shakllangan. Bu boʻyicha kitoblar yozilgan, asarlardan alohida boblar ajratilgan.

Sheʼrdagi qofiya misralar oxirida soʻz, qoʻshimcha, baʼzan esa soʻz birikmalarining ohangdosh boʻlib kelishidir. Bunda tovush yoki bir necha tovushlarning ohangdoshligi qofiyani hosil qiladi. Masalan, kezdi-sezdi, suzuk-uzuk, yurak-tilak kabi.

Nasriy asarlar va maqollarda ohangdosh soʻzlarni ketma-ket qoʻllash saj deb ataladi.

Qofiyani undosh tovushlar va choʻziq unlilar (o, u) yasaydi. Masalan, biroq va firoq qofiyadosh, lekin zamin va shamol qofiyadosh emas. Chunki birinchi juftlik bir xil undoshga (q) tugayapti, ikkinchi juftlikda esa soʻnggi undoshlar (n, l) turlicha. Sabo va davo qofiyadosh, tilla va kosa qofiyadosh emas. Birinchi juftlikda choʻziq unlilar (o) ohangdoshlik paydo qila olgan, ikkinchi juftlikda esa oxirgi tovushlar (a) qisqa unli boʻlgani sababli ohangdoshlik yuzaga kelmagan.

👉 1-qism
👉 2-qism
👉 3-qism
👉 4-qism

@oriftolib | Sahifalarimiz
Telegram Orif Tolib ​#Soʻragan_edingiz “Putur ketmoq”: putur nima? Putur soʻzi futurning soʻzlashuv tilidagi shaklidir. Futur arabchadan kirgan, asliyatda boʻshashish, ojizlanish; holsizlik maʼnolarini bildiradi. Oʻzbek tilida esa ziyon, shikast maʼnolarida ishlatiladi. Putur…
  • 👍 3
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →